Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi. Bu muhim bosqich, bunda yaratilgan loyihaning oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtiriladi, Xulosalar chiqariladi. Loyiha bajarilishi jarayonida yol qoyilgan kamchiliklar, qollanilgan metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarining samaradorligi hisobga olinib, tavsiyalar beriladi.
Informatika oqituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish. Olib borilgan tadqiqot davomida biz yetuk olimlar fikrlarini organgan holda umumlashtirish tizimni loyihalashtirilishi ikkita qismdan tashkil topishini anglab yetdik. Ular:
Pedagogik vazifani belgilab olish:
oquv mavzusi(fanini) mazmuniga asosan tahlil etib, maqsadni belgilab olish;
oquv mavzusi (fanini) mazmuni tuzilishini oquv elementlari korinishida tizimlashtirish;
oquv elementlari ozlashtirish darajalari ketma-ketligini belgilash;
talabalarning bilimini boshlangich darajasini aniqlab, oquv mavzusi (fanini) mazmuni bazasida oquv materiallarini tayyorlab olish.
mavjud oquv materiallari bazasida talimni tashkil etish sohalarini belgilash(qaysi mazmunni, qanday oquv materialidan foydalanib, qanaqa holatda, qancha vaqtda oqitishni tashkil etish)
Didaktik jarayon (oqituvchi faoliyati)ni talim shakliga mos metod va vositalardan foydalanib tashkil etish loyihasini ishlab chiqadi.Talimning shakli oquv rejalarida ilgaridan belgilab qoyilib, talimning metodi va vositalari yordamida talab etilgan maqsadga erishish mumkin. Talimdagi zamonaviy metodlarining asosiy qismini bu pedagogik texnologiyalar, vositalarning asosiy qismini esa axborot texnologiyalari tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, metodik tizimni loyihalashda quyidagilar zarur deb hisoblaymiz:
Oquv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soatlar, oquv soatlari tuzilishi, fanni oqitish haftasiga necha soatga togri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi [90].
Masalan, 2016 yilgi 5110700 Informatika oqitish metodikasi yonalishi namunaviy oquv rejasida Informatika oqitish metodikasi fani 3-bolim Umumkasbiy fanlar blokida 3.3 bandida bolib, bu fanni 5-6 semestrlarda haftasida 6 soatdan oqitish lozimligi, shundan maruza 80 soat, amaliy 40 soat, laboratoriya 40 soat, seminar darslari 62 soatdan, va kurs ishi bilan yakunlanishi keltirilgan. Demak, oquv rejasiga mos ishchi dastur tuzish, tuzilgan ishchi dastur soatlari aynan oquv rejasida korsatilgan soatlarga mos bolishi kerak (1-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |