6.2. Mantiqiy IMS parametrlari
Axborotni kodlash usuliga ko‘ra mantiqiy elementlar potensial va impuls usullariga bo‘linadilar.
Mantiqiy elementlarning ko‘pchiligi potensial hisoblanadi, ya’ni ularda ikkilik axborot ikkita elektr potensial daraja ko‘rinishida ifodalanadi: mantiqiy 0 – past potensial U0, mantiqiy 1 – yuqori potensial U1. Impuls mantiqiy elementlarda mantiqiy birga - impulsning mavjudligi, mantiqiy nolga – uning mavjud emasligi mos keladi.
IMS potensial mantiqiy elementlari quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi:
mantiqiy «0» va «1» kuchlanishlari - U0 va U1;
mikrosxema holati teskari holatga o‘zgaradigan kirishdagi ma’lum kuchlanish – bo‘sag‘aviy kuchlanish UBO‘S;
kirish bo‘yicha birlashish koeffisienti m (kirishlar soni);
chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffisienti n (yuklama qobiliyati yoki mazkur IMS chiqishiga ulash mumkin bo‘lgan xuddi shunday mirosxemalar soni);
Do'stlaringiz bilan baham: |