MODERNIZATSIYALASH ORQALI KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Erkinov Z.A,-TMI talabasi
Modernizatsiyalash orqali mamlakatimizdagi korxonalarning raqobatbardoshligini qo’llab-quvatlash va uni oshirish, iqtisodiyot o’sishni faollashtirish, maxsulot va xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish muxim axamiyat kasb etdi.Investitsiyalar YIM o’sishi, korxonalarning rivojlanishi va mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirishga olib keldi.
O’zbekistonda korxonalar raqobatbardoshligini oshirish asosida modernizatsiyalashni o’sish suratlarini taminlash, modernizatsiyalashni chuqur tadbiq qilishga va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi va bu borada davlat dasturini ishlab chiqilishi ham modernizatsiyalash orqali korxonalar raqobatbardoshligini oshirish masalasining qanchalik muxim ekanligidan dalolat berdi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ПФ-4947 sonli farmoni bilan tastiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasida ham raqobatbardosh iqtisodni barpo etish iqtisodiy faoliyatdagi eng muxim vazifa etib belgilangan. Xarakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan yo’nalishining “Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” deb nomlangan ikkinchi bandida quyidagi vazifalar belgilangan:
Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taminlash,uning tarkibida sanoat,xizmat ko’rsatish sohasi,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash,ishlab chiqarish,transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish va boshqarish 1.
__________________________
1 O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ПФ-4947 sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasida” gi farmoni// ”Xalq so’zi”.2017-yil
Asosiy kapitalga kiritilgan modernizatsiyalash dinamikasini taxlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, 2010-2018 yillarda modernizatsiyalashning qo’shimcha o’sish suratlari turli suratlarda o’zgargan:Agar 2010-yilga nisbatan 2012-yilda modernizatsiyalashning qo’shimcha o’sish surati 6,8 foizdan 11,3 foizgacha o’sgan bo’lsa, 2012-yildan boshlab 2015-yilgacha bu ko’rsatgich muttasil pasayib bordi va 2015- yilda 7,1 foizga tushdi va 2015-yildan boshlab 2018- yilgacha bu ko’rsatgich ancha ko’tarilib 2018-yilda 23,5 foizni tashkil etdi.(1-rasm)
1-rasm.O’zbekiston 2010-2018 yillarda asosiy kapitalga qaratilgan modernizatsiyalashning qo’shimcha o’sish suratlari,%
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muofiq mamlakatimizda maqroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish su’ratlarini saqlab qolish,uning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Modernizatsiyalash va sanoatni jadal rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish,xususiy mulkchilikning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, viloyat, shahar va tumanlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni yaxshilash yo’li bilan mamlakat iqtisodiyoti va mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda 2.
___________________
Gazeta.uz
Xulosa o’rnida, so’nggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarining soni ham tobora ortib bormoqda. Ushbu korxonalarda istemolchilar xoxish istaklarini inobatga olib maxsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.Faol tadbirkorlikning rivojlanib borishi bilan:bozor talablariga xar tomonlama javob bera oladigan raqobatbardosh maxsulotlarning ishlab chiqarilishi hajmi ham tobora ortib boradi;modernizatsiyalash orqali korxonalarning raqobatbardosh bo’lishi taminlanadi; mamlakatimizda faol korxonalarni bugungi kun talablari asosida rivojlantirish, ilg’or fan-texnika yutuqlarini korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish orqali raqobatbardosh bo’lishini taminlash, xalqaro raqobat bozorida ham o’z pozitsiyasini mustaxkamlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |