MODЕLLASHTIRISH VOSITALARI VA TЕXNOLOGIYALARI.
Ish jarayonini modеllashtirish
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar
tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli - globus, osmon va
undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport
egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini
yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan.
Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan
ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini
aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit
etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi.
Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin.
Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi. Modellash uslubidan hozirgi zamon
fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy t adqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin.
Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.
Funksional ajratish diagrammalari.
Funksional ajratish diagrammalari asosan tizimning bajaradigan funksiyalari bo’yicha hamda kirish chiqish va boshqaruvi boyicha tasvirlashdan va ularni keyinchalik tahlil qilishdan iborat.
Rasm 8.1. Jarayonlar modeli.
Bunda biz yuqoridagi asosiy modeldan boshqarish va foydalanish qismlarini jarayonlarga bo’lib chiqamiz.Bu jarayonlar ketma – ket bir biriga bog’liq tarzda amalga oshiriladi(bajariladi).
Shundan so’ng esa OR, XOR lardan foydalanamiz,Ya’ni tizimda “YOKI”, “VA” holatlari kerak bo’ladi.
Rasm 8.2.Tizimga kirish
Tizimga kirish yoki mantiqiy amali bilan ikkiga bo’lingan,ya’ni ishchi oyna yoki ro’yxatdan o’tish ga kiriladi.
Rasm8.3. Registratsiya oynasi.
Bunda ham “yoki” orqali turli yo’llar bilan registratsiyadan o’tilishi keltirilgan, ya’ni elektron pochta yoki turli xi saytlar orqali amalga oshirish mumkin.
Rasm 8.4. Buyurtma berish.
Bu xizmat orqali dorilarga buyurtma berish va ularni ko’rsatilgan manzilga yetkazib berish mumkin. Buyurtmalarni maxsus xodimlarimiz qabul qilib oladi va eng tez fursatda yetkazishga harakat qilishadi.
Rasm 8.5.To’lov oynasi.
Bu oynada to’lov turlari keltirilgan:Click, Payme, Woy-wo, mbank onlayn to’lov xizmatlari orqali to’lovlarni amalga oshirish mumkin.
DFD (Data Flow Diagramm) – Ma’lumotlar oqimi diagrammasi- orqali masalan “Dorixona” tizimining dasturiy loyixasining strukturasi keltirilgan.Bu orqali uning dasturini qiyinchiliksiz yaratishimiz mumkin bo’ladi.
Rasm 8.6.DFD diagrammasi
Nazorat savollari
Funksional ajratish diagrammalari fazifasi ?.
Ish jarayonini modеllashtirishdan maqsad ?
Malumotlar oqimi jadvali nima maqsadda tuziladi ?
UML modеllashtirish tili nima maqsadda ishlab chiqilgan ?
Do'stlaringiz bilan baham: |