5-§. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish
16. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda o‘rganiladi;
o‘rganish natijasi bo‘yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha oila a’zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;
nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |