6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Sektorlar “saxovat.argos.uz” axborot tizimida “Temir daftar”ni yuritish bilan bog‘liq masalalar to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi.
23. Respublika bo‘yicha “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilgan yordam to‘g‘risidagi hisobot shakli ushbu Tartibga 1v-ilovadagi jadvalga muvofiq yuritiladi.
24. Respublika bo‘yicha “Temir daftar” bilan ishlash tizimi natijasi bo‘yicha hisobot berish ushbu Tartibga 1g-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
25. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari;
tuman (shahar) sektorlari darajasida — tuman (shahar) hokimliklari (iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari);
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari;
viloyat darajasida — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar;
respublika darajasida — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan har bir oilaning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar “saxovat.argos.uz” axborot tizimiga kunlik kiritib boriladi.
27. Sektorlar rahbarlari, boshqaruv ofislari tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda joyiga chiqqan holda monitoring olib boriladi.
28. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi har oyda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida muhokama qilinadi.
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
29. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
“Temir daftar” yuritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hududiy bo‘linmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan
har oy yakunida tahlil qiladi;
respublika darajasida hal etiladigan hududlar bo‘yicha muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga axborot xati taqdim qiladi;
“Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajalardagi rahbarlarining hisobdorligini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun har oy yakuniga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga taqdim qiladi.
31. Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisida kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul vazirliklar va idoralar hamda sektorlar rahbarlariga baho beriladi, choralar ko‘riladi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi va ijroga yo‘naltiriladi.
“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibga
1a-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |