3-§. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish
13. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo‘lgan oilalarga tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
biznes loyihalarni hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni o‘rgatish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga ko‘maklashish;
kredit ajratilgandan so‘ng kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini rivojlantirishni doimiy qo‘llab-quvvatlash.
14. Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |