13. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish
uchun kredit olish
istagida bo‘lgan oilalarga tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi
xizmatlar ko‘rsatiladi:
biznes loyihalarni hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni o‘rgatish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga ko‘maklashish;
kredit ajratilgandan so‘ng kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini
rivojlantirishni doimiy qo‘llab-quvvatlash.
14. Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan
fuqarolarning
tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
4-§. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish
15. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Temir daftar”ga
kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi
mumkin.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun:
a) fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda oilalarning ehtiyojmandlik
darajasidan kelib chiqib (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan
holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuman (shahar)
hokimligiga taqdim
etiladi;
b) tuman (shahar) hokimligi:
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining daromadlari prognozidan kelib chiqib tuman (shahar) moliya bo‘limi
bilan kelishgan holda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini
shakllantiradi hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan
oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-kuniga qadar fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan
kelishilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov
vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash bo‘limiga taqdim etadi;
v) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi
hamda to‘lov vedomostlari asosida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini har oyning 5 — 27-kunlarida amalga oshiradi.
Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy
yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga
ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi sektorlar rahbarlariga taqdim etiladi;
d) tuman (shahar) sektorlar shtabi kotibi muhtoj oilalarga to‘langan
bir martalik moddiy yordam
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “saxovat.argos.uz” axborot tizimiga kiritadi.
“Temir daftar”ga kiritilgan uy-joyini ta’mirlashga muhtoj oilalarga ko‘maklashish sektor rahbari tomonidan
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan amalga oshiriladi.
Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendar yil davomida bir marta amalga oshiriladi.
Alohida ko‘rsatmalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat topshiriqlari va h.k.)
asosida
to‘lab beriladigan bir martalik moddiy yordamlar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: