Bunda, agar yuqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a’zolari mos ravishda “Ayollar” va “Yoshlar”
daftarlariga ham kiritilgan bo‘lsa, ushbu oilalar ro‘yxati “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida yuritiladi.
5. Oilalarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda:
boshqaruv ofisi tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, doimiy vakillar va
mahalla faollari bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni uyma-uy yurish orqali;
ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali;
ehtiyojmand oilalarni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari orqali o‘rganiladi.
Sektor shtabi kotibi, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari, doimiy vakillar va mahalla faollari tomonidan
ehtiyojmand oilalar a’zolarining qiziqishlari, muammolari va oilalarning ijtimoiy holati to‘g‘risidagi jamlanma
ro‘yxat 3 kundan oshmagan muddatda shakllantiriladi.
6. Jamlanma ro‘yxat shakllantirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda sektorlar rahbarlariga taqdim etiladi.
7. Sektorlar rahbarlari 3 kundan oshmagan muddatda jamlanma ro‘yxat ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi.
Jamlanma ro‘yxatni ko‘rib chiqish jarayonida oilaning ma’lumotlari:
tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari (uy xo‘jaligi daftari asosida shakllantirilgan
oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari (kasallik tarixi, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ko‘rsatilgan tibbiy
yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (ishsizlik nafaqasi oluvchilar, kasb-hunarga
o‘qitilgan va o‘qitish jarayonidagilar, mehnat migrantlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari (daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumot);
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari (oilaning nomidagi uy-joy
(tomorqa), mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (nikoh va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (pensiya va nafaqalar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar) va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda oilalarning ijtimoiy himoyaga
muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda “Temir daftar”ga
kiritiladigan oilalarning ro‘yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”
loyihasi imzolangan holda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan “Temir daftar”ga kiritiladigan oilalarning
ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijro etish uchun yuboriladi.
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar sektorlar shtablarining kotiblari
tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “saxovat.argos.uz” axborot tizimi dasturiga kiritiladi.
Sektorlar rahbarlari “Temir daftar”ga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha
shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan so‘ng bajarilgan hisoblanadi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: