Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana11.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#541867
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
250-сон 28.04.2021. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

4-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish
19. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollar daftari”ga
kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki
baravaridan to‘rt baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan holda, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi
mavjud yolg‘iz ayollar, kam ta’minlangan oilalarning umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda
bolalari o‘qiydigan ayollar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II
guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning
ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan


ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami
ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni tuman (shahar) mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etadi;
(19-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
b) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining daromadlari tushumlari
prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni
oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar)lar hokimlarining mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash
grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-sanasiga qadar fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan
ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar)lar hokimliklarning buxgalteriya bo‘limlariga
va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) taqdim etadi;
v) tuman (shahar)lar hokimliklarining buxgalteriya bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda
to‘lov vedomostlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan zarur mablag‘larni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) ko‘chiradi;
g) Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlari har oyning 5 —
27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi. Oyning 27 kuniga qadar
tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordamga yo‘naltirilgan mablag‘lar “Ayollar
daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga
ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash bo‘limiga taqdim etiladi;
d) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi muhtoj xotin-qizlarga to‘langan bir martalik
moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini
tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan:
uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘maklashish ishlari amalga
oshirilishini;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I
guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud xamda
umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruxlarda o‘qiydigan bolalari bor yolg‘iz ayollarni ijtimoiy va
iqtisodiy holati yaxshilangunga qadar moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etib boradi.
(19-band “d” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-
oktabrdagi 656-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta
kiritilgan hollarda, bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish