64. Sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir
yoshlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar elektron platformaga
kiritib boriladi.
65. Yoshlar ishlari agentligi elektron platformaga ma‟lumotlarning kiritilishi yuzasidan
monitoring yuritadi.
66. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan
“Yo„l xaritasi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashida muhokama qilinadi.
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas‟ul bo„lgan sektorlar va tashkilot
rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
67. Yoshlar ishlari agentligi “Yoshlar daftari”ga yuritilishi bo„yicha amalga oshirilgan
ishlarni hududiy bo„linmalaridan olingan ma‟lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar
hamda mahalliy hokimliklar bilan har oy yakuni bilan tahlil qiladi.
Respublika darajasida hal etilishi lozim bo„lgan muammolarni hududlar kesimida bartaraf
etish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari
bo„yicha o„rinbosari kotibiyatiga axborot kiritib boriladi.
68. Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari, O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq
qo„mitasi, tegishli vazirlik va idoralar har oy yakuni bo„yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar
“Yoshlar daftari” yuritilishi bo„yicha ma‟lumotlarni Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
69. “Yoshlar daftari”ning yuritilishi bo„yicha mutasaddi bo„lgan vazirliklar, idoralar va
mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini Vazirlar Mahkamasi
Rayosati majlisida ko„rib chiqish uchun har chorak yakunida “Yoshlar daftari” yuritilishi bo„yicha
tahliliy ma‟lumotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o„rnatilgan tartibda Vazirlar
Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash masalalari
kotibiyatiga taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo„llab-
quvvatlash masalalari kotibiyati tahliliy ma‟lumot va takliflarni ko„rib chiqadi hamda “Yoshlar
daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisida muhokama qilishga
materiallar tayyorlaydi.
(69-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
70. Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisida kamchilikka yo„l qo„ygan mas‟ul vazirlik va
idoralar hamda hududiy hokimliklar rahbarlariga baho beradi, choralar ko„radi, kamchiliklarni
bartaraf etish bo„yicha tegishli “yo„l xarita”lari ishlab chiqiladi va ijroga yo„naltiriladi.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo„llab-quvvatlash bo„yicha
vaqtinchalik tartibga
3a-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: