4 Materiallar oqimini boshqarishning funktsional mexanizmi Yangi tovar siyosati va kuchli raqobat ta’sirida yirik sanoat korporatsiyalari ishning doimiy qayta qurilish muqarrar ravishda tovar moddiy qiymatining hajmi o’zgarish va turli funktsional bo’limlar o’rtasidagi yangi tizimning shakllanishi bilan bog’liq. Boshqaruv apparatining muhim masalasi bunday qayta tashkil etishni kam yo’qotishlar bilan qisqa muddat ichida ta’minlashdan iborat.
Firmalarda moddiy oqimni boshqarish tizimi ostida barqaror aloqa moslashuvining 2 ta asosiy yo’nalishini ajratish mumkin. Birinchi yo’nalish turli xil iqtisodiy mexanizmlarning rivojlanishi hisobiga turli funktsional bo’limlar o’rtasida o’zaro ta’sirni tezlashtirishdir. Ikkinchi yo’nalish korporatsiyalar tarkibida tashkiliy o’zgarishlar orqali koorparatsiya zaruriy darajasining rivojlanishidir. Bu yo’nalishlar, qoidaga ko’ra, parallel ravishda rivojlanadi va bir-birini to’ldirib boradi.
Tajribada moddiy oqimni boshqarish doirasida menedjerlar harakatini boshqaradigan modeli va maxsus ishlab chiqilgan - tartiblar yordamida moslashuvning turli xil usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda Amerika korporatsiyalarida asosiy e’tibor maxsuslashtirilgan axborot tizimi va kompьyuterlar yordamida moddiy resurslarni boshqarishni barqarorlashtirishga qaratilmoqda. Kompьyuterlardan keng foydalanish asosida ro’y beradigan moddiy oqimlar boshqaruvi jarayonida rejali va nazoratli bajariladigan ish tartiblarining barqarorlashishi xizmatni qayta qurishni tashkil etish bilan bir vaqtda amalga oshiradi. Bu nazorat va moslashuvning yangi tashkil etilgan mexanizimining paydo bo’lishiga olib keldi. Eng keng tarqalganlaridan uch turli ko’rinishdagi tashkil etilgan mexanizmlarni ko’rsatish mumkin:
- Maxsus funktsional bo’limlar shakllanib, ularda reja, boshqaruv va nazorat funktsiyalarining katta qismi, yangi koorporatsiyalar orqali moddiy oqimlar harakatining reglamentlashtirilgan qismi nazorat qilinadi. Bu usul tajribada eng ko’p qo’llaniladi.
- Maxsus rahbar yoki moslashuv guruhi tayinlansa, asosiy masala bo’lib funktsional bloklardagi moddiy oqimlarni boshqarish bo’yicha qabul qilingan qarorlar jarayonining moslashuvi hisoblanadi.
- Bo’limlarga ikki tomonlama bo’ysinishga asoslangan matritsali mexanizm yaratilib, moddiy oqimlarni samarali boshqarishga bog’liq bo’ladi. Moddiy resurslarni boshqarish uchun maxsus tuzilmani ishlab chiqish odatda har bir firma oldida turgan shu sohadagi muammolar hisobiga amalga oshiriladi. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi ostida funktsional maxsuslashtirishga muvofiq ravishda 3 ta asosiy tarkibiy blokka ajratiladi:
1) Rejalashtirish va moslashish;
2) Boshqarish yoki tartibga solish;
3) Nazorat.