Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish.
Yordamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi:
- turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
- transport xizmatini ko‘rsatish;
- asosiy vositalarni ta’mirlash;
- instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish;
- yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash.
yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
2310-«yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi:
0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material summasiga;
1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida;
2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan boG‘liq xarajatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat:
- mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
- ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari;
- isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;