Moddiy ishlab chiqarish asoslari



Download 1,05 Mb.
bet3/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

Fanning predmeti-moddiy ishlab chiqarish sohasi, uning tarmoqlar tarkibi, joylashuv xususiyatlari va rivojlanish masalalari va soha oldidagi muammolarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish va yoritish.
Fanning maqsadi-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i hisoblangan sanoat, qishloq xo‘jaligi va transportning o‘ziga xos xususiyatlari, hududiy joylashish shakllari, rivojlanish darajasi, ularning tarmoqlarining asosiy geografik jihatlari, tarmoqlarning hududiy joylashuvi natijasida hosil bo‘ladigan turli ishlab chiqarish shakllari va ishlab chiqarishning rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi omillarni o‘rganish.
Fanning vazifalari:
-sanoat ishlab chiqarishini o‘rganish va uning tarmoqlarining xususiyatlarini aniqlash, ularni joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo‘ladigan omillar va qonuniyatlarni o‘rganish;
-qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini o‘rganish va uning tarmoqlarining xususiyatlarini aniqlash, ularni joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo‘ladigan omillar va qonuniyatlarni o‘rganish;
-transport ishlab chiqarishini o‘rganish va uning turlarining xususiyatlarini aniqlash, ularni joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo‘ladigan omillar va qonuniyatlarni o‘rganish;
-moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida fan-texnika taraqqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni ilmiy jihatdan o‘rganish va hokazolar.
Bizga ma’lumki, sanoat-bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Sanoat ob’ektiv reallik (borliq) ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir. Sanoat ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida, ma’lum davr (vaqt va fazo) da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo‘lgan.
O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“ona qornidagi sanoat“), so‘ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika, zavod kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtarashlik, binokorlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik (cho‘yan eritib undan turli buyumlar ishlab chiqarish), rixtagarlik (quymoq-rangli metallardan turli buyumlar quyish-masalan mis, bronza va hokazolar), zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.
Bu erda hunarmandchilik (“xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O‘zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha Xiva va SHosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib, O‘zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivoj topgan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. XVIII asrning 1760-1770-yillarida Angliyada ro‘y bergan sanoat to‘ntarilishidan keyin, O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. XX asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda1.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. Sanoat mamlakat mudofa qobiliyatining moddiy bazasi, tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalinish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa og‘ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish muammolarini hal etish kalitidir. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi–konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkillashtirishning ilg‘or usullari-ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch–bu raqobat (erkin raqobat), ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.
O‘zbekistonda mustaqillikning afzalliklari va Davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning etakchi o‘rnini yanada oshirmoqda. Islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning echimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara bermoqda. Ushbu doirada ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar negizida, qisqa qilib aytganda ishlab chiqarish doirasida quyidagi jarayonlar amalga oshirilib borilmoqda:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish