Moddiy ishlab chiqarish asoslari



Download 1,05 Mb.
bet35/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

2.5. Kimyo majmuasi

Kimyo sanoati xalq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning joylashishi mashinasozlik sanoatining joylashini eslatadi. Kimyo sanoati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi xususiyati, tabiiy materiallardan ustun turuvchi yangi materiallar ishlab chiqarishidir. Bu materiallar arzonligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga nisbatan 20 barobar kam mehnat sarflanadi.


Ikkinchi xususiyati, ishlab chiqarishni kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi. Chunki, ko‘mir, neft, gaz, slanets, torfdan bir vaqtning o‘zida ham energiya, ham qimmatli kimyo mahsulotlari olish uchun foydalanish energetika-kimyo kombinatlarini qurishga olib keldi. Kimyo sanoatini boshqa sanoat tarmoqlari bilan kombinatlashtirish natijasida maxsus ishlab chiqarishlar-koks-kimyo, neft-kimyo, slanets-kimyo sanoat tarmoqlari vujudga keldi.
Uchinchi xususiyati, kimyo sanoatining keng xom ashyo manbalariga egaligidir. Turli xil foydali qazilmalar, yog‘och, suv, havo, ishlab chiqarish chiqindilari ushbu sanoat uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Ammo uning asosiy xom ashyosi maxsus tayyorlangan xom ashyo (neftni qayta ishlash, ko‘mirni kokslash chiqindilari) bo‘lib hisoblanadi.
Kimyo sanoati bir qancha tarmoqlardan iborat, ularning asosiylari qo‘yidagilar: tog‘ kimyosi, asosiy kimyo, polimerlar kimyosi. Tog‘ kimyosi mineral xom ashyoni qazib olish bilan shug‘illanadi, shuning uchun bu tarmoq korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin bo‘lgan joylarda joylashtiriladi. Asosiy kimyo tarmog‘i mineral o‘g‘itlar va turli xil kislotalar, tuzlar ishlab chiqaradi. Sulfat kislotasini tashib yurish qiyin, uni tashish uchun kislotaga chidamli materiallardan yasalgan maxsus sisternalar kerak bo‘ladi. Ammo uning xom ashyosini tashish osonroq. Shu sababli sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan zavodlar, kislota ishlatiladigan hududlarda, ya’ni iste’molchiga yaqin quriladi. Sulfat kislotasi metallurgiya kombinatlarida ham ishlab chiqariladi. Bularda sulfat kislotasi rangli metallarni eritganda chiqadigan oltingugurt gazidan olinadi.
Superfosfat zavodlari o‘g‘itlar iste’mol qilinadigan joylarda qiriladi. Chunki 1 t xom ashyodan 2 t o‘g‘it tayyorlanadi, ammo o‘g‘it ishlab chiqarish uchun juda ko‘p sulfat kislotasi ishatiladi. Tarkibida fosfor ko‘p bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yangi superfosfat zavodlari ko‘proq xom ashyo manbalariga yaqin qurilmoqda, chunki xom ashyoga nisbatan tayyor mahsulotni tashish qulayroq.
Azotli va kaliyli o‘g‘itlar zavodlari ham xom ashyo manbalariga yaqin quriladi. Azotli o‘g‘itlar zavodlarida tabiiy va yo‘ldosh gazlardan foydalaniladi. Shu sababli, bunday zavodlar neft qazib chiqariladigan rayonlarda, magistral gaz quvurlari o‘tgan yerlarda, metallurgiya kombinatlari yonida quriladi.
Polimerlar kimyosida mahsulot birligini olish uchun ko‘p miqdorda issiqlik va elektr energiyasi, suv va maxsus tayyorlangan xom ashyo sarflanadi. Shu sababli, polimerlar ishlab chiqarish neft mahsulotlari ishlab chiqaradigan, ko‘mir kokslanadigan joylarda, arzon energiya, yoqilg‘i va suv bor hududlarda barpo qilinadi. Tayyor mahsulot (plastmassa buyumlar) ishlab chiqaradigan korxonalar iste’molchini hisobga olib quriladi.
Jahonda kimyo sanoati rivojlanishi bo‘yicha AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Rossiya, Xitoy etakchi hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda yaqin vaqtlargacha tog‘ kimyosi etakchi edi. 1970-yillardan boshlab neft qazib olinadigan davlatlarda (YAqin SHarq, Janubi-SHarqiy Osiyo, Lotin Amerikasi davlatlarida) neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda.
Kimyo sanoati mahsulotlarini mashinasozlik (plastmassa, oyna, rezina), to‘qimachilik sanoati (tola, bo‘yoqlar), qishloq xo‘jaligi (o‘g‘itlar, zaharli moddalar), transport (motor yoqilg‘isi, surtish moyi, sintetik yoqilg‘i), qurilish (yopishqoq material, plyonka, oyna, plastik) oladi. O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar, sulfat kislotalar, sun’iy tola, rezina, lak-bo‘yoq, plastmassa buyumlar ishlab chiqaradigan tarmoqlar rivojlangan.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish