Kalsiy karbonat va gilning tabiiy aralashmasidan iborat bo'lgan
mergellarda gildan 25—60% gacha bo'lishi mumkin. Romansement
ishlab chiqarish uchun esa tarkibidagi gil aralashma 25—30% gacha
boradigan mergellar ishlatgani yaxshi.
Gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun 20% gacha gil bo'lgan
ohaktoshlar ishlatilishini, hosil bo'lgan mahsulotning gidravlik
moduli esa 1,7—9 ga teng ekanligini eslasak, u holda roman-
sementning gidravlik moduli 1,7 dan kam bo'lmaydi. Darhaqiqat,
u odatda 1,1 — 1,7 atrofida bo'ladi. Dem ak, gil aralashmalar
kuydirish vaqtida hosil bo'lgan S i0 2, A 1,03 va F e20 3 ni batamom
kalsiy silikatlariga, alyuminatlariga va ferritlariga bog'lay oladigan
miqdordan ortiqroq bo'ladi. Gidravlik modul 1,3 yoki undan kam
bo'lganida gil aralashmalar ohak bilan bog'lanmagan, erkin holicha
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |