Yig'ma beton buyumlari ishlab chiqarishda gidravlik ohakdan
kam qavatli binolarda ishlatiladigan devorbop materiallarni
qo'llashda foydalaniladi.
2. Romansemenm
O haktosh yoki m agnezial m ergellarning erib, bir-biriga
yopishib qolmaydigan darajada pishganini mayda tuyish natijasida
hosil bo'lgan mahsulot romansement deyiladi. Bunday bog'lovchi
ishlab chiqarish uchun ohaktosh va gilning sun’iy aralashmasidan
foydalansa ham bo‘ladi. Tishlashish muddatini keragicha o ‘zgartirish
uchun romansementga 5% gacha gips, shuningdek, 15% gacha
(og'irligi bo'yicha) gidravlik qo'shilmalar qo'shib tuyishga ruxsat
etiladi. Shunda sementning suvga chidamliligi yanada oshadi (yoki
iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo'ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |