tayyorlash uchun materiallar miqdorini taxminan quyidagicha
olish mumkin (og'irlik hisobida)
1 qism suyuq shishaga: 0,9—
1,1 qism kvars yoki biror kislotaga chidamli material changi, 1
qism qumga, 1,3— 1,7 qism kislotaga chidamli chaqilgan toshga,
10— 15% kremniy-ftorli natriy (suyuq shisha og'irligiga nisbatan).
Kislotaga chidamli beton 3 kundan keyin 10— 12 MPa, 28 kunda
keyin esa 15—18 MPa mustahkamlikka ega bo'ladi. Kislotaga chidamli
beton armatura bilan mustahkam yopishish xususiyatiga ega bo'lgani
uchun kislotalar saqlaydigan sig'im lar qurishda tem ir-beton
konstruksiyalar tarzida ishlatiladi hamda u kislotalar ta’sirida
bo'lgan qurilish konstruksiyalarini muhofazalashda keng qo'l
laniladi.
Bundan tashqari kislota chidam li sementlar qotishmalar,
Do'stlaringiz bilan baham: |