Oq portlandsement oqlik darajasiga qarab uch navga bo'linadi.
Oliy nav, OS-1, OS-2 (OS-oq sement). Turli nav sementning
oqlik darajasi kamida quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak. 1-nav —
76 %, 2 nav—72%, oddiy portlandsement — 40% gacha.
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko'ra,
qaytarish koeffitsiyenti 96,3 % dan kam bo'lmagan bariy sulfat
(B a S 0 4) oqlik andozasi hisoblanadi. Uch kalsiyli silikat klinkerda
ko'p miqdorda bo'lsa, oq portlandsem entdan tayyorlangan
buyumlarning sirtida oq dog'laryoki sho'ra hosil bo'lishi mumkin.
Bu C 3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga
yo'l qo'ymaslik uchun oq portlandsement, ohakni kam eriydigan
kalsiy gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5—10% juda faol gidravlik
qo'shimcha qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |