toshlar va yumshoq, p o ‘k jinslar (b o‘r) ham uchraydi. Port-
landsement ishlab chiqarishning texnologik chizmasi tanlana-
yotganda turli kalsiy karbonat jinslarining fizik xossalari hisobga
olinadi.
Mergellar gilsimon moddalar va juda mayda kalsiy karbonat
zarrachalarining tabiiy aralashmasidan iborat cho'kindi tog‘ jinsi
hisoblanadi. Mergellar borligiga qarab, mergel ohaktosh (90—
95% C a C 0 3), ohaktosh karbonat mergel (20—90% C a C 0 3) va
mergel (50—70% C a C 0 3) ga bo'linadi. Taxminan 65% C a C 0 3va
25% gildan tashkil topgan mergellar juda qimmatbaho xomashyo
hisoblanadi. Bunday mergel kuydirilgandan so'ng kimyoviy tarkibi
bo'yicha klinkerga o'xshab ketadi. Shuning uchun uni ishlatish
bilan portlandsement ishlab chiqarish yo'sini ancha soddalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |