Glyukagon peptid gormon bo’lib, bitta peptid zanjiri, 29 aminokislota qoldig`idan iborat, me’da osti bezida, Langergans orolchalarining alfa-xujayralarida sintezlanadi. Glyukagonning qondagi miqdori 100 ng\g (3,10-4mol\l atrofida); uglevodsiz ovqat eyilgandan keyin va ochlik paytida glyukagon konstentrastiyasi 1,5-2 baravar ko’payib qoladi. Glyukagon glikogen bilan yog`larning safarbar etilishini jonlantiradi, shu jihatidan u adrenalin bilan noradrenalinga o’xshab ketadi. Glyukagon xuddi adrenalin singari xujayra ichidagi idora etish mexanizmlariga adenilatstiklaza sistemasi orqali ta’sir o’tkazadi. Bularning o’rtasidagi tafovut quyidagidan iborat: adrenalin muskullarga zo’r kelgan paytlarda yoki stresslar ta’siri ostida qonga ajralib chiqadi va organizmning zudlik bilan zo’r berib ishlab borishini ta’minlash uchun xizmat qiladi, qondagi glyukagon konstentrastiyasi esa ovqatlanish maromiga bog`liq bo’ladi va ovqat hazmlanishi tugaganidan keyin asta sekin ortib boradi.
Qondagi insulin va glyukagon konstentrastiyalari bir-biriga qarama-qarshi (restiprok) tarzda o’zgaradi: insulin\glyukagon nisbati ovqat hazm bo’layotgan vaqt hammadan kichik bo’ladi. Bu gormonlar moddalar almashinuviga ham teskari ta’sir ko’rsatadi: insulin glikogen va yog`lar sintezini kuchaytirsa, glyukagon ularning safarbar bo’lishini kuchaytiradi.
Glikogen zahiralarni tugallanishi bilan glyukoneogenez ishga tushadi. Glyukoneogenezni boshqarishda glyukokortikoidlar muxim axamiyatga ega, ulardan kortizol asosiy xisoblanadi. Kortizol:
xamma organlarda jigar, mushak va buyrakdan tashqari oqsillar sintezini tormozlaydi. Shuning natijasida to’qimalar bilan qondagi aminokislotalar konstentrastiyasi ortadi va ular jigar bilan buyraklardagi glyukoneogenez uchun sarflanishi mumkin;
jigarda – glyukoneogenezda ishtirok etadigan fermentlar (tirozinaminotransferaza, triptofanpirrolaza, serin treonin – degidrataza, fosfoenolpiruvat karboksikinaza) sintezini kuchaytiradi. Aminokislotalardan glyukoza hosil bo’lishining kuchayishi kortizol ta’sirida yuzaga chiqadigan ikkita jarayon natijasidir.
Qandli diabetning 2 turi tafovut etiladi: insulinga bog`liq diabet yoki 1 turdagi diabet; insulinga bog`liq bo’lmagan diabet yoki II tipdagi diabet; bunda insulin sintezi buzilmaydi, balki insulinning resteptor bilan bog`lanishi buzilgan bo’ladi. Diabetning asosiy belgilari: giperglyukozemiya va glyukozuriya, ketonemiya va ketonuriya, azotemiya va azoturiya, poliuriya va polidipsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |