O’rtacha arifmetik qiymat va uning xossalari
Reja:
O’racha arifmetika(miqdor) haqida tushuncha
O’rtacha garmonik miqdor
O’rtachani shartli moment usulida hisoblash tartibi
Moda va mediana
O’rtacha arifmetikani hisoblashga doir masalalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
O’rtacha arifmetika(miqdor) haqida tushuncha
O’rtacha miqdor statistikada eng keng tarqalgan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Fakat o’rtacha miqdor yordamida miqdoriy o’zgaruvchan to’plamni xarakterlash mumkin.
Statistikada o’rtacha miqdor deganda - bir turdagi ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ifodalovchi miqdor, ko’rsatkich tushuniladi.
O‘rtacha arifmetik miqdorlar o‘rtacha miqdorlarning eng ko‘p tarqalgan turidir. Ular, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi:
O‘rtacha arifmetik oddiy miqdorlar;
O‘rtacha arifmetik tortilgan (o‘lchanadigan) miqdorlar.
O‘rganilayotgan statistik to‘plamlarda o‘rtalashtirilayotgan belgilar soni bir martadan takrorlanganda yoki o‘rtalashtirilayotgan belgilar soni har xil bo‘lib, o‘zining miqdorlari bir xil bo‘lsa, u holda o‘rtachani hisoblash uchun o‘rtacha arifmetik oddiy miqdorlar qo‘llaniladi.
To‘plamdagi belgi (variant) miqdorlarini qo‘shib, hosil bo‘lgan natijani (yig‘indini) belgilarning soniga bo‘lish orqali ham oddiy arifmetik o‘rtachani qo‘llash mumkin. Boshqacha aytganda, dastlab to‘plamdagi alohida belgilar (variantlar) ning miqdorlari yig‘indisi aniqlanadi, so‘ngra olingan natija belgilar soniga bo‘linadi. Buni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Bunda: – o‘rtacha arifmetik oddiy miqdor;
– belgilar (variantlar) miqdorlarining yig‘indisi;
n – belgilar soni.
Endi, o‘rtacha arifmetik oddiy miqdorni misol asosida yechamiz. Masalan, xo‘jalikdagi 6 ta oila pudratining har birida quyidagicha g‘alla maydoni mavjud: 10; 15; 16; 20; 22; 25.
Ushbu misolda o‘rtalashtirilayotgan belgilar soni bir xil bo‘lganligi uchun o‘rtacha g‘alla maydonini oddiy arifmetik miqdor formulasi bilan aniqlaymiz:
ga
Demak, o‘rtacha bir oilaviy pudrat hisobiga 18 gektar g‘alla maydoni to‘g‘ri keladi.
Yoki boshqacha misol. Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi 6 ta oilaviy pudratning har biriga 3 gektardan paxta maydoni biriktirilgan bo‘lib, ularning har birida paxta hosildorligi (sentner hisobida) quyidagicha bo‘lgan: 20, 22, 24, 25, 27, 29. Ushbu misolda ham o‘rtalashtirilayotgan belgilarning soni bir xildir, shuning uchun o‘rtacha hosildorlik darajasini oddiy o‘rtacha arifmetik formulasi yordamida aniqlaymiz:
Demak, paxtaning o‘rtacha hosildorligi 24,5 s ni tashkil qiladi. O‘rganilayotgan to‘plamda o‘rtalashtirilayotgan belgilar (variantlar) ikki va undan ortiq marta takrorlanganda yoki belgilarning vaznlari har xil bo‘lgan hollarda, o‘rtacha miqdor tortilgan o‘rtacha arifmetik formulasi yordamida aniqlanadi:
Ushbu formuladan ko‘rinadiki, o‘rtacha arifmetik tortilgan miqdorni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Har bir bnlgi miqdori uning vazniga ko‘paytiriladi (xf);
Belgi bilan vazn ko‘paytmalarining yig‘indisi aniqlanadi (xf);
Aniqlangan yig‘indi (xf) vaznlar yig‘indisiga (f) bo‘linadi.
Endi, o‘rtcha arifmetik tortilgan miqdorlarni aniqlashga misol keltiramiz.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |