- Har bir o‘simlikning seleksion samadorligi uning genetik tadqiqotlari natijasiga bog‘liq. Lekin ko‘pchilik hollarda mazkur o‘simlikga ta’luqli genetik qonuniyatlar yaratilishiga qaramay, ulardan seleksion jarayonda foydalanish ortga tashladi. P.Mangelsdorf (1974) ta’kidlashiga, ilmiy yutuqlar shox avlodlarining shajarasi singari uzoq va murakkabdir. Birgina misol 1768 yil I.G. Kelreyter tomonidan geterozis xodisasi aniqlanganligi, u CH.Darvin tomonidan yaxshi o‘rganilganligiga qaramay, faqat XX asrning 40 yillarga kelib makkajo‘xori o‘simligida D.J. Shella, G.Ista, D.Djonslarning tavsiyalariga ko‘ra duragay makkajo‘xorilardan foydalanila boshlandi. 1931-33 yillarda M.I.Xadjinov va M.M.Rodslar tomonidan sitoplazmatik bepushtlikning ixtiro qilinishi 20 yildan so‘ng tatbiq qilingan bo‘lsa, 1921 yil Eyster tomonidan yadroviy erkakcha bepushtlik ixtiro qilingandan so‘ng, faqat 1970-80 yillarga kelib undan amalda foydalanila boshlandi. Aynan shu yillari opaque va flory- 2 genlari genetik kolleksiya liniyalarida aniqlangan bo‘lib,1960 yillarda ularning biokimyoviy ta’siri o‘rganilib, yuqori miqdordagi lizin moddasiga ega makkajo‘xoridan nafaqat seleksion jarayonlardagina emas, balki ishlab chiqarish jarayonida ham foydalanish keyikchalik yo‘lga qo‘yilgan.
- Yuqoridagi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin muhimi, garchi genlarni aniqlash, ular asosida yangi mutant forma yoki liniyalarni yaratilishi erta amalga oshirilgan bo‘lsada, bu yangiliklardan seleksiyada bir qancha muddat keyin foydalanila boshlangan. Uning asosiy sababi, ilmiy izlanishlarning bir tomonligi yoki kuchsiz o‘rganilishi, mavjud tadqiqot ob’ektining genetik, sitologik kolleksiyalari asosidagi haritalarining nomukammalligi bilan bog‘liq holat edi. Garchi birikish guruhlari aniqlanib, genning joylashgan o‘rni, belgining fenotipik yuzaga chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsada, bu genlarning kompleks xo‘jalik belgilariga qanday ta’sir etishi yetarlicha asoslanmagan .
-
-
-
- Genetik zohiralarni (yovvoyi formalar, nav populyasiyalari, spontan va sun’iy mutagenez natijasida olingan mutantlar) seleksion jihatdan baholashda amaliy genetikaning majmua usullaridan, ya’ni fiziologik, biokimyoviy, immunologik, seleksion, agrotexnik va boshqa xillaridan foydalanishni talab etadi. Bu masalalarni xal etilishi genetik tadqiqotlarning oxiriga yetkazilishi va ularning natijalaridan seleksiyada foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi.
- Birgina makkajo‘xori o‘simligining o‘zida spontan va indutsirlangan mutatsiyalardan foydalanilgan holda 2000 dan ortiq mutant genotipli, 40 dan ortiq gen aniqlangan genetik haritasi mavjud, genetik kolleksiya yaratilgan. Buning natijasida genetik kolleksiya liniyalaridan mutantlarni seleksion baholashda va avvalo boshlang‘ich material sifatida makkajo‘xori seleksiyasida keng foydalanishga imkoniyat yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |