To‘pguli – makkajo‘xori bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik bo‘lib, har bir o‘simlikda ikki xil gul changchi va urug‘chi hosil bo‘ladi. So‘ta 1-3 tagacha bo‘lib, barg qiltig‘ida joylashadi. So‘tada urg‘ochi gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib joylashgan. Har bir so‘tada 500 tadan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U har tomondan shakli o‘zgargan, bir necha qavat barg bilan o‘ralgan. - To‘pguli – makkajo‘xori bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik bo‘lib, har bir o‘simlikda ikki xil gul changchi va urug‘chi hosil bo‘ladi. So‘ta 1-3 tagacha bo‘lib, barg qiltig‘ida joylashadi. So‘tada urg‘ochi gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib joylashgan. Har bir so‘tada 500 tadan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U har tomondan shakli o‘zgargan, bir necha qavat barg bilan o‘ralgan.
- Makkajo‘xori shamol yordamida changlanadi. O‘simlikda changchi bilan urug‘chi bir vaqtda yetilmaydi (changchi 4-8 kun oldin gullaydi, natijada o‘simlik chetdan changlanadi).Changlanish uchun havo issiq, nam va yengil bo‘lishi, shamol esib turishi juda qulaydir.Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa, havo juda quruq bo‘lsa changlanish yaxshi bo‘lmaydi. Shuningdek obi-havo noqulay kelishi natijasida, so‘tadagi don siyrak bo‘lib qolishi mumkin.
-
- O‘simlikning doni po‘st, endosperm va murtakdan tashkil topgan bo‘lib, endospermi unli va muguzli qismga bo‘linadi. Doning shakli, kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishiga ko‘ra 8 ta kenja turlarni farqlash mumkin: tishsimon, yaltiroq, shishasimon, serkraxmal, shirin, serkraxmal-shirin, chatnaydigan va mo‘msimon.
- Tishsimon donli makkajo‘xori (Zea mays indentata) eng ko‘p tarqalgan kenja tur. Doni yirik, uchki tomoni bir oz pachoqlangan bo‘lib ot tishini eslatadi.
-
G‘o‘zaning asosiy zararkunandalarining biologiyasi, ekologiyasi va tabiatini o‘rganish natijalari, o‘simlikning zararkunandani o‘zidan uzoqlashtirish omiliga ega bo‘lgan navlarni yaratishga imkoniyat yaratdi. Bu borada olib borilgan ilmiy tatqiqodlar natijasida g‘o‘zaning ko‘pchilik zararkunandalarga chidamli bo‘lgan navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Masalan Toshkent-6, S-6030, Termiz-7 navlari g‘o‘za tunlamiga nisbatan chidamliligi, S-6037, S-9063 navlari poliz shirasi bilan juda kam zararlanishi bilan ajralib turadi. Biroq g‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandalarga chidamliligini o‘rganish bir qator sust darajada amalga oshirilgan. O‘simliklarga zarar keltiruvchi zararkunandalarga qarshi bir qator kurash usullari ishlab chiqilib amaliyotda keng foydalaniladi: - G‘o‘zaning asosiy zararkunandalarining biologiyasi, ekologiyasi va tabiatini o‘rganish natijalari, o‘simlikning zararkunandani o‘zidan uzoqlashtirish omiliga ega bo‘lgan navlarni yaratishga imkoniyat yaratdi. Bu borada olib borilgan ilmiy tatqiqodlar natijasida g‘o‘zaning ko‘pchilik zararkunandalarga chidamli bo‘lgan navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Masalan Toshkent-6, S-6030, Termiz-7 navlari g‘o‘za tunlamiga nisbatan chidamliligi, S-6037, S-9063 navlari poliz shirasi bilan juda kam zararlanishi bilan ajralib turadi. Biroq g‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandalarga chidamliligini o‘rganish bir qator sust darajada amalga oshirilgan. O‘simliklarga zarar keltiruvchi zararkunandalarga qarshi bir qator kurash usullari ishlab chiqilib amaliyotda keng foydalaniladi:
- Kimyoviy preparatlar yordamida kurash;
- Biologik kurash;
- Seleksion-genetik usul – immunli navlarni yaratish;
- Uyg‘unlashtirilgan kurash.
-
- Endosperma donining yon tomonlarida shishasimon,o‘rta va ichki qismlari unsimon bo‘ladi. Doni tarkibida 68-78% kraxmal,8-20% oqsil mavjud.Yaltiroq kremniysimon makkajo‘xori (Zea mays indurata) ning doni yumaloq, siqilgan, silliq, yaltiroq bo‘lib, uning tarkida 65-83% kraxmal, 8-18% oqsil bor. Bu kenja turga kechki va erta pishar ko‘pchilik navlar ta’luqli. O‘zbekistonda asosan aynan shu ikki tur vakillari ekilib, qishloq xo‘jaligidagi yuqori hosildorlik o‘simlikning duragay namunalaridan yuzaga kelishini yodda tutish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |