23-mavzu. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar
1.Iste’mol funksiyasini tavsiflab bering.
Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan hamda iqtisodiy resurslardan foydalanishni, uning iste’mol qilinishini bildiradi. Bunda unumli, shaxsiy va ijtimoiy iste’mol farqlanadi.
2.Jamg‘arma funksiyasi tushuntirib bering.
Jamg’arma – bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlarining foizli daromad olish va kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida to‘planib (jamg‘arilib) boriladigan qismidir.
Jamg’armani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar
- foiz shaklida daromad olish;
- uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste‘mol tovarlari (uy-joylar, avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish;
- kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan holatlardan iqtisodiy himoyalanish;
- qarilik davrini moddiy ta‘minlash;
- farzandlarining kelajagini ta‘minlash;
- kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarni qondirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |