T e l e f o n o g r a m m a - shoshilinch xabar matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida boʻladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog’ozining bir turi hisoblanadi.
Manzil - muayyan joyning joylashgan yeriga aniqlik kirituvchi ma‘lumot.
Da’vo xati – ma‘lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e‘tirozlari bayon qilingan xatlardir. Da‘vo xatlari tovar yetkazib berish, qurulish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bOʻyicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, Oʻz qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Xatning mavzusi. U imkon qadar aniq va ma'lumotli boʻlishi kerak. Maktubni yozish uchun asos boʻlgan hujjatning nomi va raqami mavzuda aks etishi maqsadga muvofiq.
Xulosa. Xatning ushbu qismida sizning talablaringiz koʻrsatilgan: zarar, mahsulotning qoʻshimcha nusxalarini yetkazib berish - bu shartnoma shartlariga bog'liq.
Tijorat xatlari yozilish uslubi, gap qurilishi, soʻz birikmalari jihatidan koʻproq diplomatik hujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli boʻlishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muhimi, iliq, iltifotli, samimiy ruhda bayon etilishi lozim.
Iltimos xat. Muassasalar ma‘lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa bir muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar Oʻrtasidagi bunday Oʻzaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng koʻp tarqalgan turlardan hisoblanadi.
K a f o l a t x a t i - muayyan bir shart yoki va‘dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi qoidaga koʻra bajarilgan ish uchun haq tOʻlashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta‘minlashda, ishga qabul qilishda, bajarilgan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jOʻnatiladi.
S oʻ r o v x a t. Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma‘lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zaruriy narsalar sOʻraladi. Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha sOʻrovlar aks etmasligi kerak. SOʻrov xati, odatda, ikki asosiy qismdan- kirish va xulosadan iborat boʻladi.
SOʻrov (xati) - tijorat hujjati bolib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ni chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshqalar) haqida muxtasar ma’lumot berishni sOʻrab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini Oʻzida aks ettiradi.
Tovar (xizmat)ning nomi, shuningdek, mol oluvchining tovarni olish shartlari, ya‘ni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, yetkazib berish muddati va tOʻlov shartlari sOʻrovda koʻrsatiladi. SOʻrovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |