Tarixiy-an’anaviy tamoyil. 0’zbek tili imlosida ayrim soʻzlar uslubga yoki boshqa talablarga koʻra, eski shakilariga muvofiq yoziladi: erdi (edi), borur (borar), qolur (qolar), ul (u), -mu (-mi) kabi. Bunday soʻzlarni eski uslubda yozilgan she‘riy asarlarda uchratish mumkin. Ayrim soʻzlarning tarixiy shakli maqol va matal kabi turgʻun birikmalardagina saqlanib qolgan, nutqda Oʻzlashgan shakliishlatiladi: Yurgan daryo, Oʻtirgan bOʻryo (hozir bOʻyra tarzida ishlatiladi; daryoning dayra shakli ham shevali holat sifatida saqlangan). KOʻrinadiki, bunday yozuv tarixiy-an‘anaviy tamoyilga asoslangan. Bu tamoyilga koʻra, soʻzlar tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan Oʻzgarishlari e‘tiborga olinmay, asli qanday boʻlsa, shundayligicha yoziladi. Masalan: navqiron, xavf, Said, rais. Tarixiy- an‘anaviy tamoyil hozirgi Oʻzbek orfoepiyasi va orfografiyasi uchun yetakchi Oʻrin egallamasa-da, tarixiy davr ruhini jonlantirishda, tarixiy asarlardagi obrazlarning til xususiyatlarini, uslubini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, orfografiya bilan orfoepiya adabiy tilimizni takomillashtirishda, uni muntazam bir shaklga solishda muhim ahamiyatga ega. Orfoepiya bilan orfografiya ogʻzaki va yozma nutqni bir-biriga yaqinlashtirishga, milliy-adabiy tilning birligini yaratishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, ular adabiy tilning muhim amaliy qismi sifatida nazariy asos qismlari boʻlmish fonetika, grammatika (morfologiya) bilan chambarchas bog'liq holda Oʻrganiladi.
Shunday qilib, Oʻzbek tili tovush tizimi, fonologik tahlili, ishlatilish marotabasi, tovushlar tavsifi va tasnifi, miqdoriy xossalari, soʻz ichidagi Oʻzgarishlar, Oʻzlashgan soʻzlaming strukturasidagi o ‘zbek tiliga moslashuv uchun yuzaga kelgan Oʻzgarishlar, urgʻu va uning vazifalari, nutq boʻlaklari, qisman intonatsiya ustida tOʻxtalib Oʻtdik.
Mashq. 0’qing. Fonetik va morfologik tamoyil asosida yozilgan soʻzlami ikki guruh qilib ajratib yozing. Nasihatlarning mazmuniga amal qiling. Luqmoni hakimning aziz farzandiga qilgan yuz nasihatidan: 1. Ey, farzandim, ulugʻ va qudratli yaratuvchini tani. 2. Soʻzni Oʻz qadringga loyiq gapir. 3. DOʻstni qiyin kunda sina. 4. Dono va ziyrak dOʻstni tanla. 5. Yaxshi ishga qattiq kirish. 6. Soʻzni isboti bilan gapir. 7. DOʻst-dushmaningga yuzingni ochiq tut. 8. Ota-onani gʻanimat bil. 9. Ustozni otangdek aziz deb bil. 10. Xarjni kirimga qarab qil. 11. Birovning uyiga kirganda koʻz va tilingga ehtiyot boʻl. 12. Libosingni va badaningni toza tut. 13. Etik va kavush kiyishni Oʻng oyoqdan boshla, yechishni esa - chap oyoqdan. 14. Oz yeyish va oz gapirishni odat qil. 15. Ishni avval Oʻylab, chora-yu tadbir bilan qil. 16. 0’qimay ustozlik qilma. 17. Qilinmagan ishni
qilingan hisoblama. 18. 0’tgan janjalni eslama. 19. Aytgan soʻzigni yana qaytarma.
Hamma odamni hurmatlashni unutma. 21. Gʻazabing kelganda soʻzni tanlab gapir. 22. Kattalardan oldinda yurma. 23. Mehmonga ish buyurma. 24. Manman va takabbur boʻlma. 25. Xudodan qoʻrqish, xalqqa insof qilish, ulugʻlarga xizmat, kichiklaiga shafqat, darveshlarga saxovat, dOʻst-u yor, yoshlarga nasihat, dushmanlarga yumshoqlik, johillarga jimlik, olimlarga tavoze qilish bilan yasha. Birovning moliga ta’ma koʻzi bilan boqma.
Mashq. Matnni ifodali Oʻqing va yod oling. Tarixiy-an‘anaviy tamoyil asosida yozilgan soʻz va grammatik shakllarni koʻchiring, ularni hozirgi adabiy til me‘yori bilan taqqoslab, izohlang. Yurt qaygʻusi Ey, ulugʻ Turon, arslonlar Oʻlkasi! Senga ne boldi? Holing qalaydur? Nechuk kunlarga qolding? Ey, Temurlaming, 0’gʻuzlar oilalarining shonli beshiklari! Qani sening yuksak Oʻrinlaring? Qullik chuquriariga nedan tushding? Dunyoni «urho»lari bilan titratadurgan yoʻlbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprogʻini koʻklarga uchiraturgʻon togʻ gavdali Oʻgʻlonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur? Yer yuzining bir necha polvonlari boʻlgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini Oʻzgalarga nechun qoʻydilar? Nechun... Nechun... Nechun? Gapir menga, ey, ulugʻ Turon, arslonlar o ‘lkasi, senga ne boʻldi? Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovroʻponing ulugʻ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar Oʻchogʻi! Ey, qahramonlar toʻgʻoni! Qani u, chaqmoq chopishli botir xoqonlaring? Qani avval Oʻq yurishli otli beklaring? Nechun «urhOʻlari eshitilmaydur? Dunyo xalqini bOʻysundurgan saltanatlaring nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari ostiga olgan xoqonligʻing kuchi nechun Oʻldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qolding? YOʻq... yoʻq... Tangri haqi uchun yoʻq!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida 80 million bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Temurlarning qonidur! Bularning kuchlari sening kuchingdur! Ey, ulugʻ Turon, arslonlar Oʻlkasi! Qaygʻurma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech bin yoʻqolmamishdur! Yolgʻiz... Oh, yana yolgʻiz,.
Do'stlaringiz bilan baham: |