MM 73-2-guruh talabasi
Obidov Ahrorbek Olimjon o’g’li
1-Modul: Davlat xaridining nazariy xuquqiy asoslari.
1-mavzu.Davlat xaridi fanining obyekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi
2-mavzu. Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri
1-Mavzu bo’yich xulosa
1-mavzu. Davlat xaridi fanining obyekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi
“Davlat xaridi” fani boshqa fanlar singari o’ziga xos predmet, maqsad va vazifalarga ega. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmatlar), sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini tartibga solish mexanizmi va jarayonlaridir. “Davlat xaridi” fanining predmeti esa byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini tartibga solish mexanizmidagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni o’rganishdir. Fanning predmeti ana shu mexanizmni chuqur o’rganish, uni to’g’ri tashkil qilishni ta’minlashdir. To’g’ri tashkil etish deganda davlat xaridi munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olib, ular o’rtasidagi zaruriy muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar manfaatini ochiqlik va raqobatlilik tamoyillariga amal qilish zarur bo’ladi. Demak, “Davlat xaridi” fanini chuqur o’rganish orqali amaliyotda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini optimal tarzda xarid qilishga va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga va davlat siyosati talablaridan kelib chiqqan holda tartibga solishga erishish mumkin. Fanning maqsadi esa bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini tashkil etish hamda narxlarni tartibga solish va boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning Davlat xaridi tizimi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi esa talabalarga davlat xaridining iqtisodiy ahamiyati; davlat xaridining predmeti va sub’ektlari; davlat xaridini tashkil etish modellari; O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bo’yicha shartnomadan ko’zlangan maqsad; O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish jarayoni; davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil etish shakllari; shartnomani tuzish va ijro etish; davlat xaridini nazorat tizimi, baho, talab va taklif xususiyatlari, ularning shakllanishini o’rganish; narxlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini, uslublarini o’rganish; narxning shakllanishiga xarajatlarning va daromadlarning ta’sirini o’rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida narx shakllanish xususiyatlari bilan tanishish; davlatning narx siyosati haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Har bir fanning metodi ob’ektiv borliqni, tabiat va jamiyatni rivojlanishni o’rganishda qanday yondashish lozimligini ko’rsatadi. Fanning o’z predmetini o’rganish usullari, vositalari uni metodini ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun - qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod umumilmiy tavsifga ega, lekin xar bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
“Davlat xaridi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o’ziga xos tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
A) ilmiy abstraktsiya usuli - voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumqin bo’lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli belgilarga e’tiborini qaratishdir .
B) taxlil va sintez usuli – taxlil bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa - hodisa va jarayonlarni qismlarga bo’lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir.
S) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli -tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo’yadi.Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro’y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha xam tahlil qilinadi.
“Davlat xaridi” fani “Moliya” fani bilan ham bog’liqdir. Masalan, “Moliya” fanining “Davlat byudjeti xarajatlari” degan mavzusida byudjet xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi tushuntirilsa, “Davlat xaridi” fanida ana shu smetalarning uchinchi va to’rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o’rganiladi.
“Davlat xaridi” fanini o’rganishda “Moliya bozori” fanini ham puxta bilish talab etiladi.
“Davlat byudjeti” fanida davlat byudjetining funktsional xarajatlari, byudjet so’rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar faoliyatidagi asosiy jarayonlarni o’rgatilishi “Davlat xaridi” fanini “Davlat byudjeti” fanini bevosita bog’ligini ko’rsatadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan davlat xaridi tizimida xarid qilingan tovar(ish,xizmatlar) yuzasidan belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni yuritishning zaruriyati “Byudjet hisobi” fanini ham “Davlat xaridi” fani bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon qiladi.
Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg’armalar mablag’laridan oqilona va tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat xaridi tizimini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi ustidan davriy ravishda nazorat organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilib turilishi, “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.
Shuningdek, “Davlat xaridi” fanida davlat xaridi tizimini baholash, o’tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni ma’lum bir davr bilan taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun “Iqtisodiy matematika” va “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan yaxshigina xabardor bo’lish talab etiladi.
Va nihoyat, “Davlat xaridi” fanida elektron auktsion savdolar va elektron katalog orqali savdolarini amalga oshirish va o’tkazishning tashkiliy mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanidan etarli ko’nikmaga ega bo’lish lozim.
2-mavzu bo’yicha xulosa.
2-mavzu. Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltiriligan bozor iqtisodiyoti sari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida xarajatlarni boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o’z navbatida, davlat mablag’larini sarflanishi samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi. Xalqaro miqiyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat mablag’lari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning muhimligini oshirmoqda. Ma’lumki, davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko’tarishga, hamda ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo’ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat byudjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi. Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida to’plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi. Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o’ringa ega. Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida muhim o’rin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyani samarali o’zlashtirishga yo’naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. O’zbek tilidagi “xarid” termini (inglizchada, procurement - prokyurment) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda ishlatilib, zamonoviy tushunchalarda mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni yoki ko’rsatilgan xizmatlarni ma’lum haq evaziga olish demakdir (inglizchada, procurement of goods, works and services). Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to’liq davlat mablag’lari evaziga sotib olishdir4 . Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. Davlat xaridi davlat infratuzilmasini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin:
iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo’lgan infratuzilmalar);
ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, yoki boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi infratuzilmalar).
Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. O’zbekistonda ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi. Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo’yicha amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo’nalish hisoblanadi: davlat xaridini boshqarish yuzasidan ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish. Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali bo’lishi, ko’p jihatdan, davlat xaridi uchun qaror qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining kvalifikatsiya darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog’liq. Ko’pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug’ullanadigan xodimlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.
O’zbekistonda davlat xaridining hajmi YaIMning 11 foizini tashkil etgani holda, uni iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko’rsatadi. Davlat xaridi YaIMni shakllanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi5 . Ushbuni inobatga olib davlat xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta’sir etuvchi instrument sifatida yuzaga chiqadi:
davlat xaridini iqtisodiyotning ma’lum sohalarida amalga oshirish orqali, o’sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir etadi;
ochiq tenderlarni e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga ta’sir etadi;
sotib olinayotgan tovarlarning sifat talabini xalqaro andoza talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulot sifatini oshirishga ta’sir etish mumkin;
kichik biznes vakillar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta’sir etish mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida davlat xaridini boshqarishning samarli mexanizmlari mavjud bo’lgan sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini baholash orqali erishish mumkin. O’zbekiston hukumati davlat xaridi instrumentidan turli ko’rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o’rta maxsus ta’lim tizimini islohotlar nafaqat o’quv binolari sonini ortishiga olib keldi, balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga katta turtki berdi. 2000 yillar boshida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda bo’lgan bo’lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalarning turli tumanligi va sifat bo’yicha xorijiy kompaniyalar bilan raqobat qilishmoqda. Shuning bilan bir vaqtda, O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish sohasiga davlat buyurtmasi aholi bandligi oshirishda ham muhim rol o’ynadi. Xuddi shunday misolni mebel ishlab chiqarish sanoatiga va boshqa ishlab chiqarish soxalariga nisbatan ham keltirib o’tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |