Mm 70-2 guruh talabasi Ibodullayev Botirjon Ibragimovich “Davlat moliya’sidan Yakuniy nazorat ishi



Download 16,85 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi16,85 Kb.
#200301
  1   2
Bog'liq
DM Ibodullayev Botirjon YN



MM 70-2 guruh talabasi

Ibodullayev Botirjon Ibragimovich

Davlat moliya’sidan Yakuniy nazorat ishi



10-variant

  1. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida davlat moliyasining o‘rni va ahamiyati.

  2. Davlat moliyaviy siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari.

  3. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari.

-1-

Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarning turlitumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi. Bular:

 davlat byudjeti;

 davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari;



 davlat krediti;  davlat korxonalari moliyasi.

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi– davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar. Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti,davlat korxonalari moliyasi Har bir bo‘g‘inning turlicha funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi. Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Moliyalashtirishning moddiy asosini pul aylanmasi tashkil qiladi. Real pul aylanmasi – bu qiymat harakatini yuzaga keltiruvchi hamda pul to‘lovlari va hisob-kitoblar oqimlari bilan birga kuzatiluvchi iqtisodiy jarayondir. Real pul aylanmasi ob’ekti sifatida kengaytirilgan ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbalari hisoblanuvchi moliyaviy resurslar namoyon bo‘ladi. Davlat moliyasi iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha va ijtimoiy sektorning eng muhim dasturlari, byudjet sohasidagi tashkilotlar va muassasalar kabilarni markazlashgan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga oid iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan2 . Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish, pul birligi barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin. Ushbu bo‘limda biz davlat moliyasining mohiyati, tushunchalari va asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz. Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir3 . Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi yoki mudofaani ta’minlashi mumkin.

-3-

So’nggi o’n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish funktsiyalari tobora ko’proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv organlariga o’tib bormoqda. XX asrning so’nggi yillariga kelib butun dunyoda davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi jadallashdi. Ko’pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy tarkibiy qismi – mahalliy o’z-o’zini boshqarish bo’lib, uning mohiyatini aholi qatlamlarining o’zi ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari orqali boshqarishi tashkil qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga yuklatilgan funktsiyalarni to’laqonli bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy va moliyaviy-byudjet huquqlariga egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi doirasida hududiy moliyaning o’rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bizga ma’lumki, mahalliy moliya – O’zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig’indisi bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish quroliga aylanib bormoqda.




Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish