Miynetti ratsional shólkemlestiriw de dene tárbiyaniń áhmiyeti



Download 22,06 Kb.
Sana25.04.2022
Hajmi22,06 Kb.
#580204
Bog'liq
1-seminar islam




Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogika instituti Dene mádeniyatı 2-a topar studenti Orinbaev Islamniń Dene mádeniyatı teoriyasi hám metodikasi páninen jazǵan seminar jumısı
Miynetti ratsional shólkemlestiriw de dene tárbiyaniń áhmiyeti.

Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.


Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar talablari bo‘yicha jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, jismoniy mashqlar texnikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari amaliy o‘rgatiladi hamda talabalar ommaviy sport tadbirlarini tashkil qila olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. Amaliy mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqo uslubiyotlari.

2. Jismoniy tarbiya vositalari.

3. Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari.

4. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.

5. Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari.
6. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.

7. Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati.

8. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
9. Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari.
10. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari.
11. O‘quv ishlarini rejalashtirish.
12. Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o‘tkazish uslubiyoti.
13. Sport musobaqalari tizimi.
14. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari.
15. Sport trenirovkasining tamoyillari (printsiplari).
16. Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi.
17. Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif.
18. Sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari.
Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi:
Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich ta`lim bolalari bilan musobaqalarni tashkil qilish turlari, bosqichlari. Umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslari.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari. Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish metodikasi. Aholi turar joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi.
Ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Sport bayramlarida
harakatli o‘yinlarning o‘rni. sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning roli. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbulardan foydalanish orqali talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilimlarini yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar

echish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.



Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.

Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 22,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish