Missionerlikning salbiy ta'siri haqida
Image not found or type unknown
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lo'g'aviy va istilohiy
ma'nolarini tushunib olish muhimligini alohida qayd etish lozim. Missionerlik lotin tilidan
olingan bo'lib, “missio”so'zi fe’lidan “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa
“vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi.
Missionerlikni ko'pchilik xristian dini bilan o'z-aro bog'liq tushuncha sifatida qabul qiladi.
Missionerlikning xristian dini bilan bog'liqligi shundaki, xristian dinining protestantlik
yo'nalishida “Missionerlik xar bir dindor uchun shart”,- deb hisoblanishi “Injil”da
keltirilganligini uchratishimiz mumkin.
Buning sababi qo'yidagicha, Xristianlikning katolik va pravoslav yo'nalishlarida
missionerlik bilan ruhoniylar shug'ullanishi belgilangan, ya’ni ruhoniylar rasmiy
cherkovlarda ibodatga kelgan fuqarolar orasida missionerlik faoliyatini amalga
oshirishlari nazarda tututilgan bo'lib, protestant («lotincha «proiestans»-«e’tiroz
bildiruvchi») konfessiyalarida missionerlik bilan shug'ullanish barcha dindorlarning burchi
etib belgilangan. Diniy e’tiqodi uchun quvg'inga uchragan protestantlarning Shimoliy
Amerikaga ommaviy emigratsiya qilishlari XVII-XVIII asrlarda mazkur qit’ada
protestantlikning keng tarqalishi, keyinchalik AQShda mormonlar, “Iegov shohidlari”,
xarizmatik pyatidesyatniklar kabi ortodoksal xristianlik ta'limotidan jiddiy tarzda chetga
chiqqan proetstant konfessiya va sektalarning vujudga kelishiga zamin yaratgan.
Missionerlik faoliyatining bir qismi sanalgan prozelitizm (grekcha «proseh/tos» - yangi
e’tiqodni qabul qilgan odam) tushunchasi ham mavjo'd bo'lib, prozeletizm yangi din
g'oyalarini qabul qilgan shaxsning ushbu dinga kuchli sadoqatini anglatadi .
Davlatimiz tomonidan fuqarolarining diniy qarashlarini va dinga bo'lgan munasabatini
O'zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonuni
talablari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qonunning 5-moddasiga ko'ra, hech bir dinga
yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-biri imtiyoz yoki cheklashlar
belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonun muayyan yoshga to'lgan fuqarolarning o'z diniy
ehtiyojlarini ta'minlash uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida
ta'lim olish tartib qoidalarini xam belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va
Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borishda, millatlararo adovat o'yg'otishda, vaziyatni
beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o'rtasida vahima chiqarishda hamda
davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g'arazli maqsadlarda foydalanishga
yo'l qo'yilmasligi qat’iy belgilab ko'rsatilgan.
Bugungi kunda missionerlikdan g'arazli niyatlarda foydalanish ham keng tus olgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan
urush qurollari uzluksiz takomillashib borilganligini ko'rishimiz mumkin. Qurol-
yarog'larning takomillashib borishi urushlarda g'olib bo'lishga katta yordam bergan, lekin
o'z navbatida shuni ta'kidlash joizki har bir urush qurbonlarsiz yakun topmagan. Bundan
tashqari urush olib borgan davlatlarning iqtisodiyoti beqaror bo'lgan ya’ni iqtisodiyoti
zaiflashib, aholisining real doramadlari, yashash tarzi juda past darajada bo'lgan. Bir so'z
bilan aytganda biron-bir davlatni tobe qilishda kuch ishlatish usuli samara bermasligi
aniqlangan.
Dunyodagi zo'rovon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir halq yoki mamlakatni o'ziga tobe
qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni
qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va
ma'naviyatidan judo qilishga urinadi .
Buning tasdig'ini yaqin tarixdagi Yugoslavaya misolida ko'rishimiz mumkin. Turli millat va
din vakillari istiqomat qilib kelgan Yugoslvaiyaning Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya,
Makedoniya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina kabi davlatlarga parchalanib
ketgani ham etnokonfessional ziddiyatlar qanday og'ir oqibatlarga olib kelishi
mumkinligining hayotiy-amaliy ifodasidir.
Xristian nazariyotchilaridan biri Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi
lozim bo'lgan hudud-shimoliy kenglikning 10 va 40-paralellari orasida joylashgan, deb
hisoblab uni “10/40 OYNA” deb atagan .
“10/40 OYNA” deb atalgan hududga Osiyo va Afrika mamlakatlari hududlari kiradi.
Missionerlar tomnidan Osiyo va Afrika mamlakatlari hududlarini asosiy kurash maydoniga
aylantirishining eng katta sabalaridan biri neft va neft maxsulotlariga egalik qilish, dunyo
davlatlarining neft va neft maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojlari ortishi, qimmatlashishi va
yirik davlatlarning energetika zahiralari joylashgan hududlarda o'z ta'sirlarini o'tkazishga
harakat qilishidir.
Missionerlarning asosiy maqsadi xristianlikni targ'ib qilish yo'li bilan jamiyatda xayrihoh
bo'lgan guruhlarni shakllantirish va tarofdorlar sonini ko'paytirish orqali muayyan
mamlakat va hudud ustidan nazorat o'rnatish hisoblanadi.
Yuqoridagi asosoli xolatlarga tayangan holda missionerlarning maqsadi to'g'risida fikr
yuritadigan bo'lsak, missionerlik ta'siriga tushgan kishilarda asrlar mobaynida ota-
bobolaridan meros bo'lib hozirgi kunga qadar saqlanib kelgan madaniy, ma'naviy va
ahloqiy qadriyatlarini yo'q bo'lib ketishini, insonlarning ma'naviy ongini o'zlari “ma'qul”
ko'rgan yo'nalishida zararli ma'lumotlar bilan oziqlantirishi, tinch osoiyshta kun
kechirayotgan halq orasida tinchsizlikni, norozilik kayfiyatini o'yg'otish orqali Hokimiyat
vakillariga o'zlarining ta'sirlarini o'tkazishlari hisoblanadi.
Missionerlikning “10/40 OYNA” dasturiga e’tibor qaratadigan bo'lsak, missionerlar
Respublikamizda mavjud tabiiy er osti boyliklarimiz hisoblangan neft va neft
maxsulotlarini o'zlashtirishni rejalashtirganliklarini anglashimiz mumkin. Tabiiy er osti
resurslari bu mustaqil huquqiy demokratik davlatimizning boyliklari hisoblanadi.
Davlatimizning er osti qazilma boyliklari katta strategik ahamiyatga ega hisoblanadi.
Zero ushbu boyliklar davlatimizning makro iqtisodiyoti barqarorligini ta'minlovchi
resurslar hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan hayotiy va amaliy misollarga tayanadigan bo'lsak, missionerlik
faoliyati O'zbekiston Respublikasini har tomonlama rivojlanishiga, buyuk kelajagini barpo
etishiga katta salbiy ta'sir ko'rsatishini anglashimiz zarur. Zero O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda
yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947 sonli Farmoni
qabul qilingan bo'lib, ushbu farmon talablariga asosan mustaqil huquqiy demokratik
jamiyatimizni dunyoning rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin egallashiga xizmat qilishi
nazarda tutilgan. Harakatlar strategiyasi talablari davlatimizning eng muxim jabhalarini
rivojalantirishga qaratilgan bo'lib, bunda beshta ustuvor yo'nalish belgilangan, jumladan,
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, davlatimiz iqtisodiyotini liberallashtirish, kichik biznes
va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ijtimoiiy sohani rivojlantirish va havfsizlik,
diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va chuqur o'ylangan, o'z aro manfaatli bo'lgan
tashqi siyosatni amalga oshirish, yo'nalishlari bo'yicha maxsus dasturlar belgilangan.
Missionerlik faoliyati oqibatlari, dalatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Haraktlar
strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishi hisoblangan havfsizlik, millatlararo totuvlik,
diniy bag'rikenglik sohasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga
o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishi extimoli bor. Bunga sabab etib O'zbekiston
Respublikasi aholisi ko'p millatli ekanligini ko'rsatishimiz mumkin. Bunday salbiy
xarakterga ega hodisalar O'zbekiston Respublikasini boshqa strategik muhim Davlatlar
bilan aloqalariga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Sababi hozirgi globallashuv jarayonida
axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bir paytda dunyoning nariga chetida
sodir bo'lgan vaziyatni bu chetida davlatlarga etib kelishi bir zumda.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech
bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini ko'rsatadi. Bunday
xolatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to'g'ri va chuqurroq
anglash, uni bartaraf etish yo'lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur
bo'ladi.
Dj. Esenbaev
Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bosh yuriskonsulti
Do'stlaringiz bilan baham: |