II.Bob. Asar mazmunining tahlili
2.1. Tarixiy manba sifatida
Endi bevosita asar mazmuning tahliliga o’tadigan bo’lsak, avvalo uni tarixiy manba sifatida tahlil qilamiz. Bu tahlilning ob’yektivligini ta’minlash uchun biz mahaliy tarixchilardan biri bo’lmish Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga, hamda rus manbalari asosida o’z tadqiqotini olib borgan tarix fanlari doktori, proffesor Xondamirzo G’ulomovning ilmiy monagrafiyalariga29 murojat etdik. Shu o’rinda men Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga qisqacha tarif berib o’tishga qaror qildim.
Ushbu asar Xorazmning qadimgi zamonlaridan boshlab 1873 yilgacha taixiy voqeyalarini o’z ichiga olish bilan bir qatorda, undan so’ngi davrlarda ya’ni 1873 yildan 1913-1914 yilgacha bo’lgan tarixiy voqealarni ham o’z ichiga oladi.30 1873 yilgacha bo’lgan voqeyalarni yoritishda Bayoniy Ogahiy va Munis asarlaridan foydalangan bo’lsa, 1873 yildan boshlab 1914 yilgacha Xorazmda bo’lgan tarixiy voqeyalar Bayoniy tomonidan yozilgan. Bu “Shajarayi Xorazmshohiy” asarining qiymati ham asosan ana shu davr taixini yoritishdadir.31 Asar 1911 yilda boshlangan bo’lib, 1914 yili tugatilgan. 1958 yilgacha ushbu asarning dunyoda yagona hisoblanib kelingan bu asarni 1954 yili O’zR FA akademigi prof. Y.G’.G’ulomov O’zR FA Abu Rayxon Beruniny nomidagi Sharqshunoslik institutiga taqdim etgan edi. 1958 yili O’zR FA H.Sulaymon nomidagi qo’lyoamalar institutidan bir qancha qo’l yozmalar sotib oldi. Ular bilan birgalikda Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” nomli asaridan yana bir nusxa mazkur institut tomonidan qo’lga kiritildi.32 Ushbu asarning aynan 1873 yil voqeyalarini batafsil yoritganligi bizga uni MakGahanni asarini solishtirma tarzda tahlil etish imkonini beradi. Bu ikki manbada o’xshashliklar bilan bir vaqtda bir birida uchramas manbalar ham ko’p.
Endi bevosita tahlil jarayoniga o’tsak. Yuqorida ta’kidlangandek MakGahan asarida nafaqat 1873 yil voqeyalari balki bundan bir necha asr oldin sodir bo’lgan voqeyalar ham yoritilganli diqatga sazovordir. Xususan asarning ikkinchi qismining “Xivaga avval qilingan yurishlar haqida” (“Предшествовавшие экспедиции против Хивы”) deb nomlangan IX bobida Xivaga Rossiya hukumatining rasmiy yurishlari va Yoyiq va Ural kazaklarining bosqinchilik yurishlari haqidagi ma’lumoti diqatga sazovardir. MakGahanning bu haqida: “ularning dastlabkisi Yoyiq yoki Ural kazaklari tomonidan uyushtirilagan edi”33 deb, shuningdek ularning umuiy soni beshta ekanligini va ularning barchasi mag’lubiyat bilan tugaganligini, Kaufmanning yurishi oltinchi yurish ekanligini ta’kidlaydi.34
Ushbu ma’lumotlar Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham o’z aksini topgan bo’lib, Bayoniy bu haqida quyidagicha yozadi: “Ammo Rusiya davlati mundin burun besh marotaba Xorazm ustiga askar yuborib, alarning ba’zilari Xorazm yo’lida tashnalikdin qirilib, ba’zilari Xorazmga borib urishib, qirilib, hanuzgacha aslo zafar topa olg’onlari yo’q erdi.”35 Shuningdek, bu gaplarning tasdig’ini X.G’ulomov o’zining monagrafiyasida keltiradi.36 Shuningdek, bu haqida N.I.Gorodekov o’z asarida ruslarning Xiva nisbatan qarashlarini yozar ekan: “1869-yilga kelib Buxoro va Qo’qon xonliklari bizning qurolimiz kuchini o’zlarida sinab ko’rishdi, ular o’zlarining hududlarini salmoqli qismini yo’qotishdi va bo’ysunishdi. Qo’qon Xo’jant va Toshkentning olinishi bilan Buxorodan uzilib qoldi, u esa o’z navbatida Samarqandni yoqotdi. Faqatgina Xiva xonligi hali ham tegilmagan holda, 1717 va 1839 yillardagi yurishlarning omadsizligidan mag’rur tarzda turar edi”37 deb ta’kidlaydi. Demak MakGahan keltirgan ma’lumotlar to’g’ri ekanligi manbalar va ilmiy izlanishlar tomonidan isbotlandi. Ammo MakGahan nafaqt bu yurishlarni sonini balki ularning qanday kechganligi va qanday yakunlanganligi haqida ham ma’lumot beradi. Misol uchun MakGahan 1873 yil yurishida 156 yil avval uyushtirilgan knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyning yurishiga to’xtalar ekan. Ushbu yurishni har jihatdan ochib berishga harakat qilgan. Xususan MakGahan bu haqida quyidagilarni keltiradi: “Ruslarning shundan keyingi Xivaga hujumi 1717 yilda Buyuk Pyotr hukumronligi davrida Bekovich-Cherkasskiy tomonidan uyushtirildi... Xivada o’z hukumronligini o’rnatish uchun qo’shin jo’natishga qaror qildi. Bekovich zudlik bilan bu safar uchun 4000 kishilik armiya to’pladi.”38 Uning bu ma’lumotlari Bekovich-Cherkaskiy ekspeditsiyasiga bag’ishlangan ko’plab manba va adabiyotlar bilan bir xildir. Xususan ulardan biri X.G’ulomovning monagrafiyasida ham yuqoridagi voqealar rus manbalariga ko’ra ta’kidlangan edi.39 Shuningdek, MakGahan ushbu ekspeditsiyani halokat sabablari haqida to’xtalar ekan, Bekovichning shaxsiy hayotidagi fojea (ekspeditsiyaning dastlabki kunlari uning xotini va ikki qizi Kaspiyda to’fonga uchrab halok bo’lishganligi haqidagi xabar unga qattiq ta’sir qilgan edi) va yo’ldagi qiyinchiliklar natijasida Xivaga yetib kelganda uni esi joyida bo’lmaganligini taxmin qiladi. Mak-Gahan bu holatni quyidagicha bayon etadi: “Xonning rus qisimlarini kichik guruhlarga bo’lib joylashtirish haqidagi g’alati taklifi har qanday boshqa odamda shubha uyg’otishi mumkin edi, ammo Bekovichning bu payitga kelib esi joyida bo’lmagan bo’lsa kerak... u nafaqat bu taklifda hech qanday shubhani ko’rmadi, balki polkovnik Frankenburgga (Bekovich 1000 kishilik askarlari bilan oldinga ketganidan so’ng ekspeditsiyaning asosiy kuchlariga boshlig’i sifatida tayinlangan shaxs) ushbu taklifga amal qilib qo’shinlarni bo’lishga buyuradi, u uch martta bu buyruqni bajarishdan bosh tortadi va shunda Bekovich to’rtinchi martta unga buyruq yuborib, buyruq bajarilmasa uni harbiy sudga berishini ma’lum qiladi.”40 Darhaqiqat Bekovichga bag’ishlangan ko’plab asarlarda uning xotini va ikki qizi halokatga uchraganligi va xabar Bekovichning ruhiyatiga qattiq ta’sir etgani. Shuning uchun u xonning taklifiga ishonib qo’shinni bo’lib tashlaganligi va oqibatda rus armiyasi butunlay tor-mor etilishiga sabab bo’lganligi haqida ma’limotlar bor.41 Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib MakGahn rus tarixini yaxshi o’rganganligini ta’kidlash mumkin.
Shuningdek,bevosita 1873 yil voqeyalarini yoritilishiga kleadigan bo’lsak, MakGahanning bu borada keltirgan ma’lumotlari boshqa manbalar bilan deyarli 100 % to’g’ri kelishi uning tarixiy manbaviy ahamiyatini oshiradi. Bu so’zlarni isboti sifatida birgina misolni keltirishni o’rinli deb bildim. MakGahan asarining ikkiinchi qismining VII bobi “Birlashgan qo’shinlar harakati” deb nomlanadi. Ushbu bobda xususan shunday deyiladi: “Soniga o’q tegib yiqilgan turkman qo’lga olindi. U og’riq azoblariga mardona chiqab, churq etmadi. Ammo ko’p aldov suldovlardan keyingina ba’zi narsalarni aytib berdi. Uning gaplariga qaraganda, armiya atrofida aylanib yurganlar 400-500 kishi bo’lib, xon tomonidan Xo’jaylini mudofa qilishga yuborilgan 6000 otliq suvoriy tarkibidan ekan. Otryadni asosiy qismi shaharni qo’riqlab qolibdi.42” Aynan shunday voqeya bayoni “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham mavjud. “Rusiya askari bulardin bir zahmdorini tutib muloyimat bila debdurlar: “Agar sen bizlarga rost xabar bersang, seni yuborurmiz”. Zahmdor debdur: “Xorazm xoni Xojaelining muzofati uchun olti ming kishi yubordilar, besh yuz kishi davom Rusiya askarining atrofini aylanib, fursat oxtarib yuribdirlar. Qolg’onlari Xojaelida urushg’a omoda bo’lib turubdilar.”43 Bu voqealarning bayoni yana bir bor asarning tarixy manba sifatidagi ahamiyati juda yuqori ekanligidan dalolat beradi.
2.2.Etnografik manba sifatida
Yuqorida ta’kidlangandek MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari nafaqat tarixiy balki etnografik manba sifatida ham ahamiyatlidir. Zero, unda nafaqt urush harakatlari balki Xorazm xalqining XIX asrning so’ngi choragidagi turmushi, xo’jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati va boshqa ko’plar etnografik ma’lumotlar keltirilgan. Xususan asarning ikkinchi qismidagi “Xivaliklar orasida” deb nomlangan 3 bobida Xorazm bozorini tasvirlash jarayonida juda ko’p etnologik ma’lumotlar keltirilgandir. Ular quyidagilardir.
“Xivalilar bozorga un va sabzovot, tovuq, qo’y, tandirdan yangi uzilgan non, pahmoq o’rik, va guruch choy, qand-qurslarlarni uyib tashlashgandi. Oq tut mevasining esa hisobi yo’q edi.”44 Bu o’sha davrdagi Xorazm vohasining asosiy yeguliklari va xo’jaligi haqida ahamiyatli ma’lumotdir.
Shuningdek, MakGahan asarida Xorazmliklarni tashqi qiyofasi va kiyinishini ya’ni antropologiyasi va moddiy madaniyatini yoritadi. Bu haqida u “Ularning ko’pchiligi o’rta bo’yli, oriq, chayir, qora soqol qo’ygan bo’lib, ko’zlarida qandaydir yovuz ifoda bor edi. Bir vaqtlar oq matodan tikilgan kamzullari hozir rangini ajratib bo’maydigan alfozga kelgan, chalvor va ko’ylaklari bo’zdan to’qilgan. Ustidan yengi uzun xalat qiyishgandi. Xivaliklarning mayda sariq va qo’ng’ir yo’-yo’l chiziqli xalatlari juda xunuk bo’lib, buxoroliklarning yaltiroq, chiroyli to’nlariga aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bozordagi odamlarning ko’pchiligi yalang oyoq, hammasining boshida qora qoy terisidan tikilgan, og’irligi 6-7 funt keladigan katta qalpoq bor.”45 deydi. Uning bu kuzatuvlariga bergan fikrlari albatda nisbiydir. Chunki AQSHda tug’ilib o’sgan va Yevropa davlatlarida yashagan odam uchun albatta O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati o’zgacha ko’rinada. Shuningdek u Xiva ayollaridan birini tasvirlar ekan bu haqida quyidagilarni keltiradi. “U keksa kampir bo’lib, ko’rimsizgina Xiva cho’ponini kiygan edi. Kiyimiga qarab, faqat boshidagi sallaga o’xshatib o’ralagan ro’moldan ayol ekanligini ajratsa bo’lardi. Xiva ayollarining hammasi ana shu taxlitda kiyinishardi.”46
Shuningdek u o’z asarining uchinchi qismida turkman xalqining etnografiyasiga bag’ishlangan ma’lumotlarni keltiradi. Xususan, uni ta’kidlashicha “Xiva xonligida yashovchi turkmanlar olti qabilaga mansub:
-
2500 uyli Imrali;
-
3500 uyli Kodorlar;
-
2000 uyli Qaradashlilar;
-
1500 uyli Qora-Egeldilar;
-
1500 uyli Amali-Igokenlar
-
11000 uyli Yovmutlar;
Hammasi bo’lib, umumiy aholisi o’rata hisobda 110 000 jonni tashkil etadi.”47
Yana turkmanlar to’g’risida ma’lumot berarkan MakGahan “o’q va qilich kuchi bilan yovmutlar turkman qabilalari orasida eng ko’p va eng kuchli bo’lgani uchun ruslarga zarba berishni mo’ljallagan edi. Ular 11000 uyli bo’lib, boshqa qabilalarning hammmasi yig’ilgahda shuncha chiqardi.”48 deydi.
Shuningdek u turkmanlar haqida “bu xalq o’z yurtida osoyishta va farovon turmush kechirgan urushlar ham juda olisda – rus yoki forslarning chegaralarida bo’lardi. Atrofi bepayon qum sahrolari bilan o’ralagan bu kichik voha aholisi Tinch okeanning janubiy qismida yangi kashf etilgan orollarda istiqomat qiluvchilar kabi tashqi dunyodan mutlaqo uzilib qolgan edi. Ammo ularning oromi buzildi, urush alangasi tinch, beg’am xonadonlarni o’z dahshatli domiga tortdi. Bepayon tashqi dunyo bilan tanishihs bu baxtiqarolar uchun juda qimmatga tushdi...”49 deydi MakGahan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki ushbu asar nafaqat tarixiy balik etnologik ma’lumotlarga ega asar bo’lib, uni ob’yektiv jihatdan tahlil etish bizga ya’ni tarixchi olimlarga O’rta Osiyo xalqlarining etnologiyasi haqida bir qancha ma’lumot berishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki mazkur O’zbekistonning XIX asr tarixiga oid bo’lgan manba – MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarining tahlili chog’ida asarning O’zbekiston tarixini o’rganishdagi ahamiyatining yuqori bo’lganligi va o’zida bir nechta manbaviy xususiyatlarni jamlaganligini imkon qadar ochib berishga harakat qilindi.
Shuningdek, kurs ishida MakGahanning jo’shqin ammo qisqa hayoti (u vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida o’zdan nafaqat yaxshi nom balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirganligi. Shuning uchun biz uning hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni yetuk jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkinligi. Uning ilmiy merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz, qolaversa omma e’tiboriga havola etishimiz lozimligi isbotlandi.
Xulosa qilib yana shuni aytish mumkinki MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy ahamiyatga ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va toponomok manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida etnologik va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati va ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay yozilganligi bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. Biz esa o’z navbatida ushbu va boshqa asarlarnio’rganish va taqhlil etish orqali o’zimizning boy tariximizni bilamiz, anglaymiz va kelajak avlodlarga qoldiramiz. Chunki har bir inson, jamiyat, davlat va millat uchun o’z tarixini bilish suv va havodek zarurdir. Zero, yurtboishimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”.50
Do'stlaringiz bilan baham: |