Mavzuning amaliy ahamiyati. Mavzuning amaliy ahamiyati shundaki, ushbu manbani o’rganish va uni tarixni yoitishda tadbiq etish Vatanimiz tarixini o’rganish va o’qitishda keng qo’llanilishi mumkinligidadir. Zero, ushbu asarda nafaqat 1873 yil voqeyalari balki undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar ham batafsil yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar ilmiy izlanishlar yoki ta’lim jarayonida qo’llanilish va ilmiy muomilaga kiritilishi bizga Vatanimiz tarixini batafsil o’rganish imkonini beradi.
Kurs ishining stukturasi. Kurs ishining strukturasi ya’ni tuzilishiga kelsak, kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardaa iboratdir. Shuningdek, har ikki bob o’z navbatida bir necha bo’limlarga bo’lingan bo’lib, birinchi va ikkinchi boblarda ularning soni ikkitadan iboratdir.
I. Bob. Mak Gahanning hayoti va asarning yozilish tarixi
1.1. Mak Gahan jurnalist va tarixchi
“O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarning mualifi MakGahan Yanuariy Aloiziy (MacGahan Januarius Aloysius)ning hayoti va ijodiy faoliyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni ta’kidlashimiz joizki ushbu shaxsning hayot yo’lini kuzatish jarayoni shunga amin bo’lamizki ushbu inson hech qachon qiyinchiliklardan qo’rqmas va dovyurakligi bilan ajralib turgan. Uning to’liq ismi MakGahan Yanuariy Aloiziy bo’lib, u 1844 yili AQSHda tug’ilgan bo’lib, uning asosiy kasbi muhbirlik bo’lgan. U hayotini xavf ostiga qo’yib asosan harbiy harakatlar olib borilayotgan joylardan xabarlar va maqolalarni turli gazetalarga jonatib turgan. Uning 1870-1871 yildagi faransuz-pruss urushida qatnashgan11 va kommuna kurashi davridagi bevosita voqea joyida yozilgan hayotiy va qiziq maqolalari hammaning e’tiborini jalb etdi. U o’z maqolalarini AQSHning «New-York Herald» gazetasida nashr etardi.12 MakGahan zamonasining yetuk jurnalistlaridan bo’lib, u Yevropada birinchi bo’lib jurnalistika sohasida keyinchalik keng qo’lanila boshlagan “intervyu olish” ya’ni suhbat orqali ma’lumot olisg metodini kiritdi. U matbuotga o’zining Gambetto va yana boshqa ko’plab siyosiy arboblar bilan suhbatini chop etardi. U 1872 yili Rossiyaga keldi va rus ayoli Varvara Nikolayevna Yelaginaga uylanadi. U Rossiyadaligida «New-York Herald» gazetasi nashryoti unga Xivaga yurish qilayotgan rus armiyasiga qo’shilib olish va harbiy muhbir sifatida urush tafsilotlarini yoritishni taklif qiladi. U hech ikkilanmay bunga ko’nadi va qo’rqmasdan butun boshli cho’lni kesib o’tib rus armiyasining asosiy qismiga Xiva qamali boshlanishi oldidan yetib oladi. Yurish davomida u general Skoblev bilan do’st bo’lib qoladi. Yurishdan qaytgach MakGahan yurish tafsilotlarini Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa ya’ni “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarini Londonda nashr etadi. Ushbu asar 1874 yilda rus tilida nash etiladi.13 Asar va uning nashri haqida batfsilroq keyingi bo’limda keltirladi.
1874 yilida yozida u Piriney yarim oroliga yo’l oladi. U yerda u karlistlar bilan bo’layotgan urush harakarlarini yoritish bilan shug’ullandi. MakGahan bu yer karlistlar sardori don Karlos bilan to’qqiz oy birga bo’lib, ispan tillini mukammal darajada o’rgandi. 1875 yili uinglizlarning “Pandora” kemasida qutub davlatlari sari yo’l oldi. U o’zining sarguzashtlari haqida «Under the Northern Lights» ya’ni “Qutub yog’dusi ostida” asarini yozdi. Asar 1876 yili Londonda nashr etildi. 1876 yili iyunida «Daily News» gazetasi nashryoti uni Bolgariyaga borib, rus-turk urushida turklarni tinch aholiga nisbatan qo’layotgan vahshiyliklarini yoritishni taklif etadi. U Skayler hamrohligida turklar tomonidan vayron etilgan butun Bolgariya bo’ylab yurib tirik qolganlardan ma’lumot olar, ularning ayanchli ahvolini borligicha o’z maqolalarida yoritar edi. Uning bu maqolalari 1876 yili Londonda «Turkish atrocities in Bulgaria» ya’ni “Bolgariyadagi turk vahshiyligi” nomi bilan alohida to’plam tarzida nashr etildi. Ushbu nashr 1877 yili “Турецких зверствах в Болгарии” nomi bilan Sankt-Peterburgda rus tilida nashr etildi. Bu nashr Bolgariyaning xalqaro maydonda tarafdorlarini ko’payishi va uni ozod bo’lishiga sababchi bo’ldi.14
1877-1878 yillardagi rus-turk urushida u rus armiyasiga hamronlik qildi. MakGahan birinchi jangning guvohi bo’ldi, Dunaydan kechuv jarayonida ishtirok etdi. Oyog’ining singanligiga qaramay u general Gurko va general Skoblev armiyasi bilan olg’a yurar edi. Urish davomida u to’rt marotaba bezgak kasalligiga chalingan bo’lsa ham harbiy harakatlar teatrini tark etmadi. Uning bu davrga oid maqolalarida rus armiyasining harbiy harakatlari batafsil yoritilgan bo’lib, uning bu maqolaalridagi ma’lumotlar Shipka jangidan Plevnaning olinishigacha bo’lgan voqeyalarni yoritgan edi. MakGahan 1878 yili Konstantinopol (Istanbul) yaqinida tinchlik to’g’risida muzokaralar ketayotgan bir vaqtda terlama kasaligidan vafot etadi.15
Zamondoshlari unga tarif berar ekan, uni hayotiy va qiziq hikoya qilish qobilyatiga ega ekanligi, harbiy va siyosiy maqsadlarni keng va aniq chunishi, qatiyatliligi bilan ajralib turishini ta’lidlashgan. Uning qo’rqmasligi unga urish harakatlarini yaqindan kuzatish imkonini berar edi. Bu esa o’z navbatida uning jang maydonidan yuborgan maqolalarini aniqligining garovi edi.
Shuningdek, MakGahan haqida, Xiva yurishida unga hamrohlik qilgan chor qo’shini polkovnik Lomakin o’zining “Описание Хивинского похода” ya’ni “Xiva yurishi tavsifi” nomli asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “ 17 may artileriya jangi bo’lgan kuni bizning lagerimizga g’aroyib bir odam keldi. U shu tarzda bizning otryadda oxirigacha qolib zobitu askarlarning do’sti bo’lib qoldi. U amerikalik Aloiziy Yanuariy bo’lib, “Nyu York Jerald” gazetasining muhbiri edi. Fransiya Prussiya urushida ham qatnashgan Aloiziy garibaldichilarga ham asir tushgan edi. U Turkistonga Amerika elchisi kotibi Skayler bilan Perov portigacha keladi. Shu yerda Skayler uni tarjimon va qirg’iz yo’lboshlovchiga topshirib, o’zi ortiga qaytib ketadi. Shu tarzda Aloiziy Qizil orqali polkovnik Novomilinskiy otryadi joylashgan Xalata va Alti quduqg’iga kirib keladi. Ammo chet ellik fuqarolarni ruxsatsiz otryadga qo’shish mumkinmasligi to’g’risida qaror bo’lganligi bois, uni ortga qaytarib yuborishadi. U topografik haritasi yo’qligi uchun ortga qaytar ekan, Bozirgon to’qayidan chiqib, Aqqamishga kelib qoladi. Bu yerda u bir guruh otliqlarni uchratadi. Otliqlar bizning artileriya otryadimizdan adi va shu tarzda u bizga qo’shilib qoladi.”16 Shunday qilib, MakGahanning rus armiyasi tarkibidagi jurnalisitlik faoliyati boshlanadi.
Jurnalistlarga xos qiziquvchanlik MakGahanni Fransiya-Prussiya urishiga shuningdek Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qilgan yurishiga yetakladi. U jang maydonolari ichra yurib, bo’layotgan qirg’inbarotlarni qog’ozga tushirardi. Uning bu kuzatuvlari natijasida yuqorida ta’kidlangan “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivani qulashi” nomli kitob yozdi.17
MakGahanning ijod o’z davri uchun publistik ahamiyatga ega bo’lib, u o’z davrini yetuk jurnalisti bo’lgan edi. Ammo yillar o’tishi bilan uning ijodi biz tarixchilar uchun qimmatli manbaga aylandi. Uning asarlarida XIX asrning so’ngi choragidagi Xiva, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Bolgariyaning tarixini yoritilgan bo’lib, ushbu manbalarni tarixiy-limiy tahlil qilish biz tarixchilarning vazifasidir. Zero, ushbu manbalarning tahlili bizga tarixni yoritishning yana bir qirrasini ochadi. Bu esa uni yanada ob’yektiv jihatdan yoritilishiga olib keladi.
Ushbu bo’limga muhtasar qilib shuni aytish mumkinki, MakGahan o’zining jo’shqin ammo qisqa hayoti (u vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida o’zdan nafaqat yaxshi nom balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirdi. Shuning uchun biz uning hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni yetuk jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkin. Uning ilmiy merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz, qolaversa omma e’tiboriga havola etishimiz lozim. Zero, har bir tarixiy manbani tahlil etilishi va unga ob’yektiv yondashib ilmiy muomalaga kiritish orqaligina biz o’zimizning haqqoniy tariximizni yarata olamiz.
1.2. Asarning tuzilishi va manbaviy ahamiyati
Bevosita asarning tuzilishi va unig manbaviy ahamiyati va xususiyatlariga keladigan bo’lsak, avvalo asarning yozilish tarixiga to’xtalib o’tish lozim. MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” nomli asari mualifning 1873 yilgi yurish payitida olib borgan kundaliklari asosida dastlab 1874 yilda “Campaigning on the Oxus, and the fall of Khiva” nomi bilan ingliz tilida Londonda, Sampson Low nashiryotida nashr etiladi.18 Shu o’rinda tabiy savol tug’iladi, nega AQSH fuqarosi bo’lgan MakGahan asari Rossiyaga aloqasi bo’lsa ham aynan Londonda nashr etiladi? Bu savolga javobni tarixchi-kartograf Z.A. Saidbobayev o’zinig monografiyasida boshqa bir amerika fuqarosining E.Skayler asari misolida javob bergan. Uni ta’kidlashicha: “E.Skayler AQSH fuqarosi bo’lsa-da, o’z kitobini Yevropada nashr ettiradi. Chunki Angliya va Rosssiyaning O’rta Osiyo masalasidagi raqobatchilik kurashi so’nmagan bir davrda Angliya hukumati O’rta Osiyo haqidagi har qanday ma’lumotga diqqat bilan yondashar va bu borada E.Skaylerning kitobi qimmatli manba ekanligini anglab, uni nashr etishga rozilik bildiradi.”19
Demak yuqoridagi fikirga tayanadigan bo’lsak MakGahanning asarini Londonda nashr etilishining bosh sababi bu hammon o’lkada davom etayotgan ingliz-rus raqobati bo’lgan.
Bevosita asar tarixiga qaytadigan bo’lsak shuni alohida ta’kidlash mumkinki asarning Yevropada mashhur bo’lib ketishi natijasida asar tez orada aniqrog’i 1875 yilda rus tiliga tarjima qilindi va 1875 yili 25 oktyabrda chor hukumati senzurasi ruxsati bilan “Военные действия на Оксусе и падение Хивы” nomi ostida Мoskvada Университетской типографии (Катков и К°) nashiryotida nashr etildi.20
Asar uch qisimdan iborat bo’lib, o’z navbatida ushbu qisimlar bir necha boblarga bo’lingan. Asarnig birinchi qismi “Qizilqumdagi hayot” deb nomlanadi. Ushbu qisim XXI bobdan iborat bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi21 : I. От Волги до Сыр-Дарьи. II. Казалинск. III. Форт Перовский. IV. Среди разбойников. V. На пути. VI.Киргизский старшина. VII. Киргизский роман. VIII. Печальная ночь. IX. Древний город. X. Иркибай. XI. Безводная степь. XII. Букан-Тау. XIII. Домашний быт киргизов. XIV. Хала-Ата. XV. Ночное бегство. XVI. «Шах королю!». XVII. Радушный прием. XVIII. Прошел сквозь строй! XIX. Ночь у Оксуса. XX. «Un mauvais quart d'heure». XXI. Наконец-то!22 Asarning bu qismida asosan MakGahanning rus armiyasiga yetib olgunicha ko’rgan kechirganlari yoritilgan. Volgadan Sirdaryogacha bo’lgan sayohat, Kazlinsk, Fort-Perovskda bo’lganlari qirg’izlarning ya’ni qozoqlarning23 hayoti, xo’jaligi va rus armiyasiga yetib kelishi tasvirlangan. Bu voqeyalar asosan hozirgi Qozog’iston hududida bo’lib o’tgan, faqatgina so’ngi boblarda Xiva xonligi to’g’risida ma’lumotlar bor.
Asarning ikkinchi qismi bevosita Xivaning bosib olinishiga bag’ishlangan bo’lib “Xivaning qulashi” deb nomlanadi. Ushbu qism XVII bobdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: I. Поход генерала Кауфмана от Ташкента. II. Переправа через Оксус. III. Среди Хивинцев. IV. Сады. V. Хазар-Асп. VI. Оренбургский и Киндерлинский отряды. VII. Движение соединенных колонн. VIII. Вступление в город. IX. Предшествовавшие экспедиции против Хивы. X. Во дворце. XI. Приключение в гареме. XII. Гарем при дневном свете. XIII. Генерал фон-Кауфман и хан. XIV. Свидание с ханом. XV. Город Хива в 1873 году. XVI. Базар. XVII. Обед у Узбека. XVII. Два портрета Русских. — Андрей Александрович. Иван Иванов.24 Asarning bu qismi o’lkamiz, xususan Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi tarixini yoritish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qisimda nafaqat 1873 yil voqeyalari balki undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar ham batafsil yoritilgan. Shuningdek ushbu qisimda XIX asr Xorazmning etnologik qiyofasi va madaniyati yorqin tasvirlangan. Xazorasp, Xiva shaharlarini olinishi va ularning tuzilishi haqida, bog’lar, bozor, o’zbek bilan bo’lgan tushlik yoritilgan. Harbiy harakatlar sof harbiy jihatdan ikkala qo’shinning harakatlarini tahlil etgan holda yoritilgan.
Asarning uchinchi qismi “Turkman yurishi” (Туркменский поход) deb nomlangan bo’lib, asarni o’zbek tiliga o’girgan O.Abdullayev esa “Turkmanlar ustiga yurish” deb nomlagan.25 Uchinchi qism XIV bobdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: I. Туркмены. II. Огнем и мечом. III. Резня. IV. Картина войны. V. Стычка. VI. В промежутке. VII. Битва. VIII. После битвы. IX. Преследование.
X. Бегство. XI. Военная контрибуция. XII. Трактат. XIII. Россия и Англия в Азии. XIV. Возвращение.26 Ushbu qisimda asosan turkmanlar ustiga qilingan yurish va ushbu yurish paytida yuz bergan vahshiyliklar, turkmanlarni qirg’in qilinishi, janglar orasidagi bo’lgan voqealar, so’ngi janglar va sulh kelishuvi shuningdek tovon masalalari yoritilgan. Shuningdek ushbu qismning so’ngi boblarida o’lkadagi ingliz-rus raqobatiga ham to’xtalib o’tilgan. Asarning so’ngi bobi yurishdan ortga qaytishga bag’ishlangan.
Shuningdek, asarga ikkita xarita ham kiritilgan bo’lib, ushbu xaritalarning nusxalari kurs ishining ilova qismida berilgan. Ulardan biri “Xiva va uni atroridagi cho’llar, Rossiya qo’shining operatsiyasi” deb nomlansa, ikkinchisi “Sharqiy Turkiston va uning qo’shnilari” deb nomlanadi. Birinchi xaritada asosan Xiva xonligi va uni atrofidagi cho’llar, shuningdek rus qo’shinlarining harakat yo’nalishlari tasvirlangan.
Ikkinchi xaritada Sharqiy Turkiston va uni o’rab turgan o’lkalar Rossiya imperiyasi, Qo’qon xonligi, Afg’oniston, Kashmir va Xitoy tasvirlangan. Ushbu ikki xarita ham O’zbekiston tarixini kartografok jihatdan o’rganishda katta ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborlidir. Zero, ushbu xaritalar ancha anir va mukammal tarzda zamonasining barcha imkonoyatlarini ishga solgan holda tuzilgan. Xususan, “Xiva va uni atroridagi cho’llar, Rossiya qo’shining operatsiyasi” xaritasida rus qo’shining harakati harbiy-topografik harita asosida belgilangan. Shuningdek, xaritada geografik nomlarning eskisi bilan yangisi uyg’unlikda qo’llanilganligi e’tiborga molikdir. Ushbu xarita 1:6760000 geografik miliya masshtabida berilgan bo’lib, ikkinchi xaritaga nisbatan aniqroq va batafsilroqdir.
Shuningdek, yana asarning manbaviy ahamiyatiga qaytadigan bo’lsak, asar avvalo biz uchun taixiy jarayonlani yoitib beruvchi manba hisoblanadi. Zero, asarda batafsil ravishda Xivaning bo’ysindirilish jarayonidagi kurashlar yaqqol ochib berilgan. Bu esa rus, keyinchalik sovet tarixchilarini “O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinmagan, blaki o’z ixtiyoriga ko’ra qo’shib olingan” degan da’volarini puchga chiqaruvchi asosiy dalillardan biri bo’lishiga sababdir. Ularning bu da’volariga yorqin misol tariqasida oliy o’quv yurtlari uchun 1982 yil chiqarilgan SSSR tarixining 1-qismda O’rta Osiyoni bosib olinishi mavzusi “O’rta Osiyo xalqlarini Rossiyaga qo’shib olinishi”27 deb nomlanganligini ko’rsatish kifoyadir. Ayni shu bobda 1873 yil voqeyalari ikkita gap28 bilan “yoritilganligi” ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Ushbu bobga qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy ahamiyatga ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va toponomok manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida etnologik va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati va ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay yozilganligi bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati yuqori ekanligini ko’rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |