Qarshi kurash choralari - Komstok qurtiga kimyoviy qarshi kurash uchun erta bahorda tutning ildiz bo’g’izlari ochib 15 % li yoki 10% li karbalinum eritmasi sepilib yana tuproq bilan ko’miladi.
- Bundan tashqari 3% li dizil yoqilg’isining emulsiyasini purkash mumkin. Kimyoviy preparatlardan-malofos 50 % 1-3 l/ga, zalon 35% 1-2 kg/ ga Kvark 1,0-2,2 l/ga va boshqalarni qo’llash yaxshi samara beradi.
- Xasharotga qarshi agrotexnik kurash choralari qatoriga asosan begona o’tlarni vegetatsiya davomida mavsumining boshidan oxirigacha yo’qotib turish;
- Tutning kuzgi-qishki tinchlik davrida daraxtlar tupidagi bachkilarni gumon qilingan daraxtlarni ildiz bo’yin atrofidagi bachkilarni yulib tashlash.
Tut odimchisi Apocheima cineraius Easch - Kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot; tut bargining ashadiy zararkunandasi. Kapalagi sargʻish. Qanotlarini yoyganda 25 mm. Tut odimchisi bir yidda 1 avlod beradi, shundan 9 oyini yer tagida gʻumbak holda oʻtkazadi. Erta bahorda urgʻochi kapalagi 800—1000 donagacha tuxum qoʻyadi.
- Qurti martning 2yarmi yoki aprel boshlarida chiqa boshlaydi. Hayoti davrida 5 yoshni oʻtaydi. Qurtlar yangi tut kurtagi va barglarini kemirib, uni butunlay yoʻq qiladi. Har bir qurt oʻrtacha 1,5 kg barg isteʼmol qiladi (ipak qurtiga qaraganda 8 marta koʻp). 30—40 kundan soʻng (may oyi boshlarida) 20—30 sm chuqurlikda oʻziga in yasab, gʻumbakka aylanadi va shu joyda qishlaydi.
Qarshi kurash choralari - Tut odimchisi qurtini yoʻqotish uchun kompleks agrotexnik (tut daraxtlari tagini kuzda va bahorda yumshatish, kuzda tut qator oralarini chuqur haydash, begona oʻtlarni yoʻqotish) hamda
- Kimyoviy kurash (tutning koʻkarib turgan kurtaklariga karbofos, Bi58, superfos, sumialfa preparatlaridan birining 0,1—0,3% eritmasi purkash) choralari tavsiya etiladi.
Tut parvonasi Glyphodes pylaialis Walker - Qurt faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Ayniqsa, tut daraxtlari, nihollari, bargiga jiddiy zarar keltiradi. Toʻliq rivojlanadigan hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt poʻstloqlari tagida maxsus ipakdan toʻqilgan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda gʻumbakka aylanadi, 15—20 kundan soʻng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15–17 mm, qanotida koʻndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2—3 tadan) oʻrtacha 50-60 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi toʻqimalarini yeb shikastlaydi.
- Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Yil davomida 6—7 marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari oktabr-noyabr oylarida qishlashga oʻtadi.
- 1994 yildan Oʻzbekistonda dastlab Afgʻoniston orqali Surxondaryo viloyatida, keyingi yillarda Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida tarqalgan. Tut parvonasiga qarshi biologik kurash usullari yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |