Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 4-kurs 412- guruh talabasi Akbarov Behzodning pedagogik amaliyoti
HISOBOTI 04.09.2021. Pedagogik amaliyotning vazifalari va mazmuni xususida fakultetda muqaddima anjumani o’tkazildi. Unda pedagogik amaliyot qonun qoidalari bilan tanishtirildi. Bizga biriktirilgan amaliyot rahbari Bafoyev Shavkat amaliyot dasturi va rejasini taqdim etdi.
06.09.2021. Toshkent shahar Chilonzor tumani Xalq ta’limi vazirligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktabiga guruh bo’lib borildi va maktab jamoasi bilan tanishildi. Talabalar sinflarga va o’qituvchilarga biriktirildi. Maktab ichki tartib-intizomlari tushuntirildi.
06.09.2021. Passiv amaliyot boshlandi. Maktab o’quv ishchi dasturi, o’quv rejasi, kundaliklar, tematik rejalar, jurnallar, har bir dars rejalari bilan tanishildi.
07.09-10.09.2021. Shu kunlar davomida passiv amaliyot davom etdi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar, uslubiy maqolalar bilan tanishildi. Bir soatlik mustaqil dars o’tish uchun tayyorgarlik, dars rejasi konspektini tuzish o’rganildi.
11.09-12.09.2021. Shu kunlar davomida passiv amaliyot davom etdi. Fan o’qituvchilari darslariga qatnashildi. Boshqa fanlar o’qituvchilarining darslariga ham tashrif buyurib, ularning usul-uslublari tahlil etildi.
13.09-14.09.2021. Faol amaliyot davri boshlandi. Biriktirilgan guruhlarda dastur asosida ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnik vositalar orqali dars bera boshladik.
16.09-18.09.2021. Har bir talaba darsi boshqa talabalar tomonidan va uslubiyatchi ishtirokida tahlil qilindi va unga ball qo’yildi. Ularga kerakli maslahatlar berildi.
20.09-21.09.2021. Ma’sul murabbiyga chet tili kabinetini jihozlashda, ko’rgazmali qurollar yaratishda, qoloq o’quvchilar bilan ishlashda, kundaliklarni tekshirishda va boshqa tashkiliy ishlarda yordam berildi.
23.09-24.09.2021. Biriktirilgan sinfga dars o’tish davom ettirildi. Maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashib, tadbirlarda ishtirok etish.
25.09-26.09.2021. Ustoz murabbiylar bayrami 1-oktabrga atab devoriy gazeta chiqarildi va tadbirga o’quvchilar tayyorlandi. Bayram ko’ngildagidek o’tdi.
27.09-30.09.2021. Navbatdagi darslar o’ykazildi. Ularda ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan va texnik vositalardan unumli foydalanildi.
01.10-07.10.2021. Maktab va maktab binosi qavatlaridagi navbatchiliklarda ishtirok etildi va uni qoidadagidek o’tkazildi.
08.10-10.10.2021. Talabalar bilan o’quv sayohatlari tashkil qilindi. Muzeylarga tashrif buyurildi. Dars o’tish davom ettirildi va tahlil qilinib borildi.
11.10-12.10.2021. “O’zbek tilim-onam tilim” bayram tadbirida faol ishtirok etildi. O’zbek tilining Davlat tili ekanligi haqida devoriy gazeta chiqarildi. Maktabda tashkil etilayotgan shanbaliklarda faol ishtirok etish.
14.10-29.10.2021. Sinf darslari berildi. Sinov darslari uchun alohida dars rejalarini tuzish, ko’rgazmali, tarqatma materiallar tayyorlash. Darslarda interaktiv metodlardan foydalanildi. Har bir sinov darslari talabalar, fan o’qituvchisi va uslubiyatchi ishtirokida tahlil qilish. Tahlilda darslarni har tomonlama muhokama etish, yutuq-kamchiliklarni ko’rsatish va berilgan darsga baho qo’yildi.
30.10.2021. Maktabda yakuniy konferensiya o’tkazish, pedagogik amaliyot natijalari ko’rib chiqildi va e’lon qilindi. Maktab ma’muriyati va jamoasiga minnatdorchilik bildirildi va ular bilan xayrlashildi. Pedagogik amaliyot bo’yicha hisobotini va boshqa hujjatlari amaliyot rahbariga topshirildi.
Pedagogik amaliyot rahbari: Bafoyev Sh
Fakultet amaliyot rahbari: Otaqulov N