Testosteron (androgen) - erkaklarning birinchi raqamli gormoni bo‘lib, kuch-g‘ayrat manbai hisoblanadi. Ushbu gormonning yetishmasligi erkaklarda nafaqat asabiylik va jinsiy zaiflikni, balki boshqa bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, organizmning umumiy tonusi tushib ketadi, xotira zaiflashadi, ishchanlik kayfiyati yo‘qoladi. Buning oldini olish uchun rux(sigir va qo‘y go‘shtlari, dengiz mahsulotlari, oshqovoq urug‘i) moddasi mvjud bo‘lgan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilib turish kerak. Shuningdek, erkaklar kuniga yarim litrdan ziyod pivo iste’mol qilish muntazam ravishda erkaklik gormonlarining kamayishiga olib kelishini unutmaslik, alkogol va tamaki mahsulotlaridan imkon qadar chetlanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |