Mirzo Ulug'bek nomidagi
O'zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Pardaboyev Maxmudning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Garmon va prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati.
Tayyorladi: Pardaboyev M
Tekshirdi: Hamdamova N
TOSHKENT-2020
Reja
Garmonlarning vazifalari va funksiyalari
Prostaglandinlar nima ?
Garmon va prostaglandinlarning biologik ahamiyati
Organizmda kechadigan barcha metabolik jarayonlarning fiziologik boshqarilishi (regulyatsiyasi) nerv va gumoral mexanizmlar orkali oʻtadi. Gumoral, yaʼni sukjliklar orqali bajariladigan aloqalar asosan, ichki sekretsiya bezlarining mahsuloti gormonlar deb ataladigan ximiyaviy molekulalar ishtirokiga bogliq. Ichki sekretsiya bezlari kelib chiqishi va anatomik jihatdan alohida aʼzolar boʻlsalar ham, moslashib ishlaydigan bir butun sistema — endokrin sistemani tashkil qiladilar. Uni boshqarib turadigan markaz miyaning ixtisoslashgan chegarali doirasi—g ipotalamus boʻlib, u markaziy nerv sistemadan keladigan signallarni qabul qiladi va integrirlaydi. Qabul qilingan signallarga javoban gipotalamus rilizing faktorlar deb ataladigan bir qator gipotalamik regulirlovchi gormonlarni ishlab chiqaradi va bevosita uning tagida joylashgan gipofizga uzatadi. Peptid tabiatiga ega boʻlgan bu gormonlarning har biri gipofizning old boʻlagiiing gormon ishlab chiqaradigan hujayralariga yetib borib, ularni gormonal sekretsiyasini ayrim-ayrim stimullaydi (l i b ye - r i n l a r ), yoki tormozlaydi (statinlar). Gormon sekretsiyasi stimullanganda gipofiz gormonlari qonga ajratiladi va qon orqali periferik endokrin bezlar (qalqonsimon bez, buyrakusti bezlarning poʻst qismi, jinsiy bezlar)ga borib ularda gormonlarning ishlab chiqarilishi va ajratilishini kuchaytiradn. Natijada bu bezlarning gormonlari—tiroksin, kortikosteroidlar, jinsiy steroidlar va boshqalar qonga ajratilib, qon oqimi orqali organizmning hamma qismlariga yetib boradi va mana shu gormon uchun nishon hisoblangan toʻqima hujayralari tomonidan qabul qilinib, ularga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Quyidagi rasmda endokrin sistemaning asosiy tarmoklari va nishon toʻqimalar keltirilgan. Gormon taʼsiriga moyil hujayralarning membranasida har bir gormonni alohida tanib va uning bilan qatʼiy spetsifik munosabatga kiradigan maxsus ximiyaviy strukturalar mavjud; ularni retseptorlar deb ataydilar.
Ташқци муцитдан келадиган импульслар
GORMONLAR NOMENKLATURASI VA KLASSIFIKATSIYASI
Gormonlar ximiyaviy tabiati, kelib chiqish joyiga va taʼsiriga qarab nomlanganlar hamda shu asosda ularning klassifikatsiyasi tuzilgan. Hozirgi kunda deyarli hamma maʼlum gormonlarning, shu jumladan aksari oqsil peptid gormonlarning ximiyaviy tabiati toʻla oʻrganilgan. Garmonlarni ularning tabiiy sintezlanadigan joyiga qarab, gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrakusti bezlari, oshqozonosti bezi, jinsiy yezlar, buqoq bezi va boshqa gormonlar deb yuritamiz. Lekin bu asosda ularning klassifikatsiyasini tuzish qulay emas, chunki bunda baʼzi noaniqliklar tugʻiladi. Masalan, bir bezdan baʼzan taʼsiriga koʻra farq qiladigan bir nechta gormonlar ishlab chiqariladi, masalan, jinsiy gormonlar asosan jinsiy va qisman buyrakusti bezida ham sintez qilinadi. Bundan tashqari bir xil gormonlar bir yerda ishlab chiqarilsa ham ikkinchi bez orqali sekretsiya qilinadi. Masalan, oksitotsin va vazopressin gormonlari gipotalamusda sintezlanib gipofizning orqa boʻlagiga yetkaziladi va shu yerdan sekretsiya qilinadi. Gormonlarni ularning ximiyaviy tabiatiga qarab, klassifikatsiya qilish qanoatlanarli boʻlmasa ham, hozirgi kunda boshqa mezon kriteriyalarga, masalan, fiziologik taʼsir mexanizmiga asoslangan holda yondashishga qaraganda afzalroqdir. Bunday klassifikatsiyaga muvofiq barcha gormonlarni quyidagi sinflarga boʻlish mumkin:
1. Oqsil-peptid gormonlar — bu sinfga murakkab oqsillar tabiati- ga ega glikoproteid gormonlar: follikulostimullovchi gormon (FSG), lyutei- nirlovchi gormon (LG), tireotrop gormon (TTG) va boshqalar; sodda oqsil tabiatiga ega insulin, paratireoid gormon (PTG) va boshqalar; peptidlar: kortikotropin (AKTG), glyukagon, kalsitonin, somatostatin, vazopressin, oksitotsin va boshqalar.
2 . Aminokisl otal ar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar va boshqalar.
3. Steroid birikmalar — buyrakusti bezi steroidlari (kortikoste- roidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar, estrogenlar, gestogenlar va bosh- qalar).
4. P r os t a g l a n d i n l a r .
Gormonlar bioximiyasi ularning ximiyaviy strukturasi, organizmda sintezlanishi, nishon toʻkimalarga yetkazilish yoʻllari, u yerda funksional almashinuvi va taʼsir mexanizmini oʻrganadi. Gormonlarning ximiyaviy tuzilishi haqidagi dastlabki maʼlumot nisbatan sodda birikma — adrenalinga tegishli boʻlib, u asrimizning boshida olingan edi, bundan keyingi muhim qadamlar 1915-yili tiroksinni ajratib olgan Qendall va 1927-yili uning strukturasini aniqlagan Xarringtonlar nomi bilan bogʻliq. Steroid gormonlarni ajratnb olish, ularning strukturasini aniq belgilash ishlari esa ancha qiynn boʻladi. Bu sohadagi dastlabki ishlarni 1930-yili Butenand, Doyzi, Rujechka boshlagan, keyinchalik Kendall, Rayxshteyn va Vitershteynerlar davom ettirgan ishlar gormonlar bioximiyasining porloq sahifalaridan birini ochdi. Lekin olimlar oldida oqsil va polipeptid tabiatli gormonlarning katta gruppasini oʻrganish kabi qiyin masalalar turar edi. Bu vazifani hal qilish uchun avvalo juda kam mikdorda uchraydigan moddalarni murakkab aralashmalardan toza holda ajratib olish usullari ishlab chikilishi lozim edi. Oqsillar ximiyasi usullarining rivojlanishi, umuman molekulyar biologiyaning muvaffaqiyatlari, oqsil-peptid gormonlarni oʻrganish bilan bogʻliq hamma muammolarni yangicha yondashish usulida hal qilib berdi. Bu usullar birinchi marta insulin strukturasini aniklash jarayonida ishlab chiqildi. 50-yillarda nnsulin va bir qator gipofiz gormonlar toza holda ajratib olinib, ularning aminokislota tarkibi aniqlandi.
Bu sohada, ayniqsa, Sendjer, Dyu-Vinyo, Evans va Li ishlari bioximiya tarixida birinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan ishlar qatoriga kiritildi. Endilikda har qanday oqsil gormonning ximiyaviy tuzilishini u naqadar murakkab boʻlmasin belgilash hal qilib boʻlmaydigan masala emas va hali strukturasi toʻla aniqlanmagan oqsil tabiatli gormonlar (baʼzi glikoproteid gormonlar) bor ekan, bu masalaning tez kunda yechilishi muqarrardir. Gormonlar biosintezi haqidagi maʼlumotlar ularning strukturasini aniklash bilan parallel ravishda rivojlandi. Ximiyaviy tuzilishi maʼlum boʻlgan gormonlarning organizmda sintezlanish yoʻli ham deyarli toʻla aniklangan.
GORMONLARNING TAʼSIR MEXANIZMI
Gormonlarning funksional metabolizmi ularning taʼsir mexanizmi bilan bevosita bogʻliq. Bu soha gormonlar bioximiyasining eng murakkab muammosidir. Gormonlar hujayra strukturalari bilan oʻziga xos ximiyaviy reaksiyalarga kirishadi. Ularning fiziologik taʼsiri faqatgina mana shu birlamchi faollikning kechiktirilgan okibatidir. Lekin biz gormonlarningtoʻqimalardagi ximiyaviy oʻzgarish reaksiyalari bilan ularning biologik faolligini namoyon boʻlishi orasidagi bogʻlanishni hali yaxshi bilmaymiz. Buning uchun, bir tomondan, gormonlarning hujayra sathining retseptor qismlari bilan bogʻlanishi, hujayra ichiga oʻtish mexanizmi, subsellyulyar strukturalari bilan molekulyar munosa- batlari va, ikkinchi tomondan, gormon molekulasinnng fazoviy (sterik) holatlari va munosabatga kiradigan faol markazlari haqida yetarli maʼlumot boʻlishi kerak. Bu masalalarning koʻpchiligi hali yoritilmagan. Aksari gormonlarning organizm va hujayra tekisligidagi fiziologik effektlari koʻp tomonlama boʻlishi har bir gormonning taʼsir mexanizmiga bitta fundamental bioximiyaviy jarayon—hujayraning oʻtkazuvchanligini orttirish, maʼlum fermentlar aktivligini kuchaytirish, mitoxondriyalarda oksidlanuvchi fosforlanishni oʻzgartirish asos boʻladi, degan gʻoyaning oldinga surilishiga sabab boʻldi. Umuman koʻp gormonlar xilma-xil fermentlarni faollashtirishi tasdiklangan, ammo ularning fiznologik effektini doim shu mexanizm bilan tushuntirib boʻlmaydi. Keyingi chorak asr ichida gormonal effekt, asosan hujayraning genetik apparatini harakatga solishi bilan bogʻlik degan fikr tobora mukammal tasdiqlanmokda. Bu genlar spetsifik enzimlar sintezi uchun javobgar informatsion RNK ishlab chikarishni taʼminlaydi. Binobarin, gormonlar faolligiga xos boʻladigan jarayon genetik shartlangan spetsifik oqsil bilan belgilanadi. Bu gʻoya bir qator gormonlar uchun shubhasiz dalillarga ega. Lekin uning mexanizmi va regulyatsiyasini aniqlash qoʻshimcha eksperimental tekshirishlarni talab qiladi. 1 ʻormonlar toʻqimalarga va hujayralar ichidagi tegishli strukturalarga tanlab taʼsir etadilar. Bir qator gormonlarning effekti boʻyicha hujayralarda kuzatilsa ham aksari gormonlar aʼzo va toʻqimalarga tanlab taʼsir etadilar, masalan, jinsiy gormonlar jinsiy bezlarga, insulin, jigar, diafragmaga, tiroksin gipofiz old boʻlagi hujayralariga va muskullarga, partgormon buyrak kanalchalariga, suyaklarga taʼsir qiladi. Bu toʻqimalarni gormonlar uchun nishon deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |