Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 4-kurs 402-guruh talabasining manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan kurs ishi. Mavzu: “Samarqand shahri tarixi tarixshunosligi


III.II Aholi hayotida ijtimoiy sohaning rivojlanishi



Download 87,12 Kb.
bet7/8
Sana23.05.2022
Hajmi87,12 Kb.
#607438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samarqand shahri tarixi tarixshunosligi (Mustaqillik davri tadqiqotlarda)

III.II Aholi hayotida ijtimoiy sohaning rivojlanishi

Mustaqillik yillarida Samarqand shahri hayotida tubdan o’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o’zgarishlar aholi hayotini izga solish va ularga yengilik kiritish maqsadida olib borilgan. Shu sababli, iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda ko’plab qonun va qarorlar qabul qilingan


O‘zbekiston Prezidentining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi hamda samaradorligini ta’minlash va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlangan. Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish uchun yanada keng imkoniyatlarning huquqiy negizini yaratadi.
Ta’kidlash zarurki, ijtimoiy sheriklik ijtimoiy konsensusga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, jamiyatning barqarorligi, rivojlanishi, samarali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi.
Konsepsiyada davlatimiz rahbari tomonidan ushbu Qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal qilish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoyalashda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkorligi aniq va ravshan ko‘rsatib berildi.
Ijtimoiy sheriklik sohasida umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlarini tahlil etish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy sheriklikni qonunchilik asoslariga binoan tartibga solish tajribasi o‘rganildi. Ijtimoiy sheriklik yo‘nalishida xorij tajribasini o‘rganish natijalari dunyoning ko‘pgina mamlakatlari, xususan, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Avstriya, AQSH kabi davlatlarda ijtimoiy sheriklik tizimining unumli ishlashi uchun me’yoriy baza yaratilganligini ko‘rsatdi.
Xalq ta’limini rivojlantirish omillaridan biri maktabga­cha tarbiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, axolining ularga bo‘lgan talabini kondirishdan iboratdir. Shu maksadlarda utgan davrda viloyatda kushimcha 6810 urinli maktab­gacha tarbiya muassasalari binolari kurilib foydalanishga top­shirildi. 1996 yilning oxirigacha yana 470 urinli bolalar muassa­salari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Xalq ta’limini rivojlantirish omillaridan biri maktabga­cha tarbiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, aholining ularga bo‘lgan talabini qondirishdan iboratdir. Shu maqsadlarda utgan davrda viloyatda qo‘shimcha 6810 o‘rinli maktab­gacha tarbiya muassasalari binolari, Viloyatda 431 ta sport zali, 13 ta suzish basseyni, 176 ta otish tiri-jami 3873 ta sport maydonchalari mavjud, shulardan 7 tasi tennis maydonidir.
Ayni kunlarda Urgut tumanining «Hamza», «Zarafshon» jamoa xujaliklarida, Samarqand tumanining «Gulobod» tuman markazida stadionlar, Samarqand shahrida esa tennis korti qurilmoqda. Istikdolning qutlug‘ 5 yilligi arafasida tumanlar markazidagi barcha stadionlar qaytadan rekonstruksiya qilinib, foydalanish­ga topshirildi.
Mustaqillikka erishgandan keyingi davrda viloyatda sog’liqni saqlash tizimida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
1991 — 1996 yillar davomida viloyat xududida qo‘shimcha 1634 tushakka mo‘ljallangan shifoxonalar qurilib, foydalanishga top­shirildi.
Viloyat aholisiga tibbiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida keyingi yillarda barcha shahar va tumanlarda onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha tug’ruqxona komplekslari tashkil etil­di. Samarqand shahrida viloyat «Tashxis» markazi va «Onalik va bolalikni muxofaza qilish» markazi tashkil etildi.
Bundan tashqari, viloyat neontologiya markazi, 274 o’rinli davolash-profilaktika muassasalarida 30 ta kunduzgi stantsionar va 10 ta ambulator-jarrohlik markazlari tashkil etildi. Respublikada birinchi bo‘lib Urgut tumanidagi Tegina qishlog’ida qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Xuddi shunday qishloq vrachlik punkti qurilishi Jomboy tumanidagi «Haqiqat» jamoa xo’jali­gida davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng res­publikamiz hayotida quvonchli voqealar ko’p bo‘ldi.
Shu voqealar xayotning barcha jabhalaridagi kabi viloyat madaniyat va san’at muassasalarida ham katta o‘zgarishlarni talab kildi. Shularni hisobga olgan holda viloyat hokimligining madaniyat boshqarmasi mustaqil respublikamizning bozor munosabatlariga o’tish jarayonida faol ijodiy harakat qilgan xalqimizning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini tiklash borasida ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Viloyat kutubxonalarida davlat tilidagi adabiyotlar soni ko’paytirildi, madaniyat uylarida, musiqa maktablarida, davlat teatrlarida milliy san’atni rivojlantirilishiga, repertuarlarning shakllanishiga, milliy xarakterga ega bo’lishiga, ayniqsa folklor, raqs, drama, ashula, musiqa, badiiy so‘z va xalq amaliy sa’nati turlarini o‘sishiga e’tibor qaratildi.
Shu davr mobaynida viloyatdagi mavjud 354 ta madaniyat uylari tomonidan aholining madaniy dam olishini tashkil etish, xalq ijodiyotini yanada rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar qilindi. Jumladan, madaniyat uylari qoshidagi xalqhavaskorlik unvoniga ega bo‘lgan jamoalarning soni 5 taga o‘sdi, ya’ni 32 taga o‘sdi. Ko‘plab ommaviy tadbirlar o‘tkazildi. «Navro‘z» umumxalq (bayrami qayta tiklandi. Respublikamiz mustaqillik kuni keng bayram sifatida nishonlana boshladi. Fermerxo‘jaliklarining tashkil etilishi va mavjud korxonalarning malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari tomonidan ham salmoqli ishlar qilinmoqda.
1993- yilda viloyatda 5 ta oliygoh, 2 ta kollej va 19 ta maxsus bilim yurtlari bo‘lib, ularda 9 mingga yaqin mutaxassislar tayyorlangan.
1995-1996-o‘quv yili arafasida oliygohlar soni yana bittaga ko‘payib, 6 tani tashkil etdi. Viloyatda yangi chet tillar oliygohi tashkil etildi.
Samarqand viloyati, bugungi kunda respublikamiz janubi g‘arbiy mintaqasida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot dargohlarining soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu ilmiy dargohlarda 3,5 mingdan ziyod ilmiy-pedagogik xodimlar bo‘lib, shundan 10 nafar fan xodimi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy, muxbir a’zosi, 200 dan ortiq fan doktorlari va 2 mingga yaqin fan nomzodlari xizmat qilmoqda.
1993-yilda ochilgan O‘zbekiston Fanlar akadsmiyasining Samarqand bo’limi faoliyati mintaqaviy muammolarni o’rganish, fundamental izlanishlarni nazariy jihatdan ta’minlashga qaratilmoqda.
Viloyatda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayni kunlarda viloyatda jismo­niy tarbiya va sport bilan shugullanuvchilarning soni 632024 kishi bo‘lib, bulardan 153442 kishi sportning 40 turida o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmoqdalar. 5 yil davomida 9 ta sport ustasi, 88 ta sport ustaligiga nomzod va 136 ta birinchi razryadli sportchilar tayyorlandi. Viloyat sportchilari respublika musobaqalariga qatnashib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ayniqsa, 1995- yilda o‘tkazilgan Markaziy Osiyoo‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha Viktor Yanskiy va Grigoriy Leybman, yunon-rim kurashi bo‘yicha Shamsiddin Xudoyberdyev, Asliddin Xudoyberdyev, boks bo‘yicha Dilshod Yorbekov, yengil at­letika bo‘yicha Denis Sorokin, velosport bo‘yicha Andrey Tuychiyevlar oltin medal sovrindorlari bo’lishdi. Sambo kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida Farxod Xujanov, Shavkat Jurayev, Maksim Xalturin, Elmurod Kodirov, Akmal Raximovlar chempionlik unvonini qo’lga kiritdilar. Dilshod Yorbekov boks bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi o’rinni egalladi. Ogir atletika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarida Amri Xujamov va Grigoriy Leyb­man ikkinchi o’rinni egalladilar.
Viloyatdan 1 nafar sportchi Atlanta shahrida bo‘lib yozgi olimpiya o’yinlariga qatnashishdi. Keyingi yillarda viloyatda sport inshootlari qurishga ham katta e’tibor berilmoqda. Bugungi kunga kelib viloyatda jami 27 ta stadion bo‘lib, shulardan 5 tasi keyingi 2-3 yilda qurilgan.

Xulosa
Xulosa tariqasida shuni aytish kerakki, Samarqand shahri tarixi keng o’rganilgan. Mustaqillik davrida esa unga taluuqli asarlar tarjima qilina boshladi. Bu esa o’z navbatida Samarqand haqidagi ma’lumotlar va ularning ahamiyati oshirdi. Bundan tashqari, O’zbekiston Milliy arxivi, O‘zRFA fondi va boshqa ko’plab arxiv va fonlarda shahar tarixi va tarixshunosligi doirasida o’rganilmagan, ommaga taqdim etilmagan asarlar va ma’lumotlar ko’plab topiladi. Mustaqillik yillarida shahaning iqtisodi, ijtimoiy hayoti, uning tarixiga e’tibor qaratila boshlandi. Shu sababdan ham shaharning ko’plab tarixiy obidalarida qayta qurishlar olib borildi.bu o’z navbatida, shaharga o’zgacha ko’rk va zamonaviylik baxsh etdi. Shuningdek shaharga turli chet eldan sayyohlar tashrif buyura boshladi. Bu shaharni dunyoga tanitishga yordamberdi. Mustaqillik yillarida, shahar hayoti, uning tarixiga oid asarlar tahlil qilina boshladi. Va ba’zilari tarjima qilindi. Bu esa shahar haqida yangi ma’lumotlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Misol uchun, Mulla Aziz bin Muhammadrizo Marg‘iloniy (1850 – 1913)ning «Tasnifi G‘arib» asari 2016 yilda o’rganib chiqildi. Unda Samarqandan tashqari Termiz, Balx va boshqa sharahlar to’g’risida ma’lumot berilgan.
Aynan shu asardagi ma’lumotlar, Abul Tohirxo’janing “Samarqand” asaridagi ma’lumotlar bilan o’xshashligi tahlil qilingan. Bundan asarlar mustaqillik yillarida ko\plab o’rganilgan



Download 87,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish