Rekursiv funktsiyalar bu bir funktsiyaning bajargan ishi natijasi asosida keying funktsiya aniqlanishga aytiladi yani bunda funksiyalar bir-biriga bog’liq ravishda ishlaydi . Norekursiv funktsiyalar esa buning aksi ularda bunday bo’liqlik mavjud bolmaydi. Buning o’rniga ular algoritmni hisoblashda qo’shimcha elementlardan foydalanadi. Odatda norekursiv funksiyalardan nisbatan soda algoritmlarni hisoblashda foydalaniladi. Rekursiv funksiyalarga tartiblash algoritmlarini ham misol qilib kiritishimiz mumkin. Tartiblash natijasida to’plamdagi elementlarni izlash jarayonlari yengillashadi. Undan tashqari tartiblashlar misolida qanday qilib algoritmni murakkablash evaziga samaradorlikni oshirishga erishish mumkinligini ko’rsatsa bo’ladi. Hozirgi kunda ko’pgina tartiblash algoritmlari mavjud. Algoritmni tanlash qayta ishlanayotgan ma’lumotlar strukturasiga bog’liq va shu sababli tartiblash usullari asosan 2 sinfga ajratiladi. Bular massivlarni tartiblash va fayllarni tartiblash. Ularni yana ichki va tashqi tartiblash ham deb nomlaydilar.Chunki massivlar mashinaning tezkor xotirasida joylashadi. Fayllar esa odatda ancha hajmi katta bo’lgan lekin sekin ishlaydigan tashqi xotiradan olinadilar. Eng yahshi tartiblash algoritmlaridan biri deb Ch. Xoara usuli hisoblanadi. Bu usul almashuvga asoslangan. Bu yerda yahshi samaradorlikka erishish uchun dastlab katta masofadagi ya’ni bir-biriga eng uzoq joylashgan elementlarni almashtirish qo’llaniladi. Faraz qilaylik bizda n ta element kalitlar bo’yicha qayta tartibda berilgan. Xoara usuli bo’yicha ularni 2 n ta almashuv bilan tartiblash mumkin. Buning uchun dastlab eng chap va eng o’ng tomonda joylashgan elementlarni almashtiramiz. Keyin ikki tomondan o’rtaga qarab kelamiz. Lekin bu faqatgina qayta tartib aniq bo’lganda amalga oshiriladi. Endi massiv ixtiyoriy tartibda berilgan bo’lsin. Ixtiyoriy X elementni tanlab massivni chapdan o’ngga qandaydir ai>x element uchramaguncha ko’rib chiqamiz. Keyin massivni o’ngdan chapga qandaydir aj bo’lishi mumkin .Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo’ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi. Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40-60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo’lgan ma’lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda. Bunda norekusi Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil - qanday mazmunga ega bo’lgan ma’lumotlar (ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi - yig’ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro’yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o’zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo’ljallangan dasturlar aviapassajirlar ro’yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir. Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo - raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10+25», ...).Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko’p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo’lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin. Ko’pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o’lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo’lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud. Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi ob’ektning biografiyasini o’z ichiga olgan matnli fayl yoki ob’ektning fotosuratini ko’rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin. Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) ob’ektlar saqlanishi mumkin. Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo’ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o’lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta. Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg’on) «0» qiymatlarini qabul qiladi. Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob’ektning holatini ko’rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o’chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz. Ma’lumotlarni uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Bu turlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz. Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko’rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo’ladi. Kerakli elementni tanlash ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi. Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi. 174 Ma’lumotlarning ierarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi. Ma’lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi. Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan mahsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda joylashgan mahsulot turini izlashda kerak bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi satxdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi. Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o’rtasida ko’p yo’nalishli aloqalarni o’rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do’kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog’liqlik o’rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi. Bir pog’onadagi ma’lumotning boshqa pog’onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.