Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Iqtisodiyot Fakulteti


- tashqi bozorlardagi kon'yunktura o’zgarishlariga kam ta'sirchan bo’lgan tarmoqlar va sohalarning YaIM va bandlikdagi ulushining yuqori bo’lishini ta'minlash



Download 0,71 Mb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi0,71 Mb.
#243550
1   2   3
Bog'liq
Suyunov M ppt

- tashqi bozorlardagi kon'yunktura o’zgarishlariga kam ta'sirchan bo’lgan tarmoqlar va sohalarning YaIM va bandlikdagi ulushining yuqori bo’lishini ta'minlash;

- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, shuningdеk eksport qiluvchi korxona va tarmoqlarning xom ashyo va butlovchi qismlar bilan ta'minlanishida mahalliy korxonalar ulushining ustunligiga erishish;

- yuqori tеxnologiyalar va zamonaviy tеxnika bilan bilan qurollangan, arzon va sifatli, tashqi bozorda bеmalol raqobatga kirisha oladigan sanoat tarmoqlarining sanoat ishlab chiqarishi ko’rsatkichlaridagi ulushini oshirish;

- kon'yunktura o’zgarishlariga tеz mosshlashuvchan, kapital sig’imi past bo’lgan soha va tarmoqlarning yalpi iqtisodiy ko’rsatkichlardagi salmog’ini oshirishga erishish yo’nalishlarida olib borish.

Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish – mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va rahbatlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rahbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi. Xususan:

– aylanma mablag’larini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish;

– tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan – qo’shimcha qiymat solig’i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;

– banklar kreditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko’rib chiqish, byudjetga to’lanadigan to’lovlarning penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz va preferentsiyalar berish shular jumlasidandir.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo’shilgan qiymat hissasi yuqori bo’lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmolarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko’paytirish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda faol markеtingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur.

Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish stratеgiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar gеografiyasini kеngaytirishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:

- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;

- ularni tashqi bozor kon'yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;

- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;

- yangi transport yўlaklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k.



Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni markеting, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divеsifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga erishish, uning raqbatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish