Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti fan: botanika ( yuksak o’simliklar ) mustaqil ish


Qirqbo`g`imlilar sinfi — Equisetineae



Download 1 Mb.
bet6/7
Sana11.09.2021
Hajmi1 Mb.
#171381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Botanika 4-mustqail ishi e4e67c0e3fcb7603dfd1d059ba859d2e

Qirqbo`g`imlilar sinfi — Equisetineae

Equisetineae sinfining vakillari poyasining “bo`g`imli” bo`lishi, ya`ni bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`lingan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bo`g`imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko`pincha bir-biri bilan qo`shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo`g`imlarda bo`ladi.



Qirqbo`g`imlar oilasi — Equisetaceae

B u oilaga birgina qirqbo`g`im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko`p uchraydigan dala qirqbo`g`imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo`la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo`lib, to`g`ri tartib bilan gallanadigan bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`lingan.



Qirqbo`g`imlarning hammasi o`t o`simliklaridir. Qirqbo`g`imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo`g`imi — E. giganteum bo`lib, bo`yi 12 m ga borgani holda, eni atigi 0,5-2 sm keladi. (E. giganteum chirmashib o`suvchi o`simlikdir). Qirqbo`g`imlarning bo`yi, odatda, 0,5-1 m bo`ladi. Qirqbo`g`imlarning bo`yi, odatda, 0,5-1 m bo`ladi. Ularning hammasida gorizontal ravisha o`sib, juda shoxlanadigan va ko`pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor; ko`pgina qirqbo`g`imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Ba`zi qirqbo`g`imlarda vegetativ novdalar bilan spora beruvchi novdalar bir-biridan farq qilmaydi; ba`zilarida esa bu novdalar bir-biridan keskin farq qiladi (dimorfizm). Masalan, E. arvensening erta bahorda hosil bo`lgan novdalari och qo`ng`ir rangli va nozik bo`lib, uzoq yashamaydi.






  1. XULOSA.

Ma’lum tuman va hududlar o‘simliklarini hammasini tarkibida turli biologik faol moddalar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida kimyoviy tekshirishlar o‘tkazish, bu tahlillar natijasida ko‘pincha birorta kerakli bo‘lgan biologik faol moddaga boy o‘simliklar aniqlanadi va keyinchalik ulardan shu topilgap biologik faol moddani ajratib olish hamda uning asosida yangi dorivor preparat yaratish uchun manba sifatida foydaniladi.



Masalan: bahorgi adonis-xalq tabobatining qadimgi dorivor vositasi. Uni er ustki qismi va ildizi xalq orasida XVII-XVIII asrlardan beri ishlatib kelinadi. XVIII asrning 70 yillari oxirida vrach N.A.Bubnov va mashxur klinitsist S.P.Botkin bu o‘simlikni rasmiy tibbiyotga kiritdilar. Bahorgi adonis dorivor preparatlariga talab katta. Lekin uning er ustki qismini har yili erta bahorda o‘rib olinishi (yig‘ilishi) hamda adonis yovvoyi holda o‘sadigan asosiy cho‘l hududlarini o‘zlashtirish natijasida uning tabiiy zahirasi ancha kamayib ketdi. SHuning uchun botanik qardoshlikdan kelib chiqqan holda adonis turkumini boshqa yovvoyi holda o‘sadigan turlari - Turkiston adonisi (O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda o‘sadi). Amur adonisi (Uzoq SHarq va Primoreda ko‘p o‘sadigan joylari bor), Sibir adonisi (Ural, Sibir va Qozog‘istonda o‘sadi) va tilla rang adonis (faqat Tyan-SHanning yuqori qismida uchraydi) o‘rganildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi. Tillarang adonis esa K -strofantin -β preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi.

Misol sifatida shu usul bilan izlab topilgan dorivor o‘simliklardan ajratib olingan biologik faol moddalar asosida yaratilgan quyidagi dorivor preparatlarni keltirish mumkin:

alkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar: glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat, brevikollin gidroxlorid, sekurenin nitrat, galantamin gidrobromid, likorin gidroxlorid, sangviritrin, lyutenurin, dezoksipeganin gidroxlorid, allapinin va boshqalar;

qumarinlar asosida yaratilgan preparatlar: beroksan, psoralen, psoberan, ammifurin, peutsedanin va boshqalar:

saponinlar asosida yaratilgan preparatlar: polisponin, diosponin, saparal, tribusponin va boshqalar.

- seskviterpenlar asosida yaratilgan preparatlar: tauremizin, tefestrol, panaferol va boshqalar;

- flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin, silibor, silibinin va boshqalar.

Saxro (dasht)da yig‘ilgan dorilarning hammasi bog‘larda terilgan dorilarga qaraganda kuchliroq va ko‘pincha xajm jihatidan kichikroq bo‘ladi. Tog‘larda terilgan dorilar esa saxroda terilgan dorilardan ham kuchliroq bo‘ladi. SHamol yuradigan va balandlik erlardan olingan dorilar boshqa erlardan olinganlaridan kuchliroq bo‘ladi. Uzish vaqtini to‘g‘ri topib olingan dori shu vaqtni aniqlashda xato qilinganiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish