GERONTOLOGIK BEMORLARNI KLINIK TEKSHIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI - Yoshi qaytgan va qari odamlar tekshirilganda, ular organizmida patologiyaning turli-tumanligi kuzatiladi: ateroskleroz, ensefalopatiyalar, gipertoniya, surunkali o’pka kasalliklari, osteoxondroz, onkologik kasalliklar va boshqalar. Shuning uchun tibbiyot xodimlaridan katta yoshdagi odamlarni tekshirishda, davolashda, parvarishlashda alohida ko’nikmalarni bilish talab qilinadi. Kasalliklarning turli-tuman ko’rinishlarini o’rganish va tashxisni aniqlash bemorlarni tekshirishning har xil metodlari: so’rab-surishtirish va ko’zdan kechirish, tana haroratini o’lchashdan tortib, laboratoriya tekshirishlari, funksional tekshirishlar o’tkazish yo’llari bilan aniqlanadi. Gerontologik bemorlarni tekshirish sub'ektiv va ob'ektiv tekshirishdan tashkil topadi. Sub'ektiv tekshirish, ya'ni so’rab-surushtirish qari bemorning kasallik munosabati bilan sezadigan his tuyg’ulari mazkur kasallik tarixi, hayot yo’li, boshidan kechirgan kasalliklari, oilasi, turmushi to’g’risidagi ma'lumotlar, irsiyat to’g’risidagi ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. Bemorlarni so’rab-surishtirish, anamnez to’plash, ularning xotiralariga talluqli bo’lib, quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Organ va sistemalar bo’yicha surab-surishtirish. 2. Tibbiy anamnez (boshdan kechirgan kasalliklari, operatsiyalari). 3. Oilaviy hayot anamnezi. 4. Ijtimoiy anamnez. 5. Ovqatlanish tartibi. 6. O’tkazilgan davolash turlari va uning natijalari. 7. Ruhiy va jinsiy hayot anamnezi.
Erta qarish - yoshga bog’liq o’zgarishlarning ertaroq paydo bo’lishi, bunda insonning biologik yoshi uning kalendar yoshidan o’zib ketadi. Turli xil kasalliklar, stresslar, neyrogumoral omillar, radioaktiv moddalar bilan nurlanish, qarish jarayonini tezlashtiradi. Masalan, yurak ishemik kasalligi, me'da yarasi, qandli diabet kabi kasalliklarda bemorlarning tashqi qiyofasi o’z yoshiga qaraganda ancha qariroq ko’rinadi. Erta qarish sabablari 2 xil omildan iborat: 1. Endogen omillar. 2. Ekzogen omillar. Endogen omillarga organizmning turli kasalliklari, irsiy omillar, xromosom kasalliklari kiradi. Ekzogen omillarga ruhiy stresslar, gipodinamiya, noto’g’ri ovqatlanish, semirish, zararli odatlar, ekologik muhit ta'siri kiradi. Organizmning erta qarishiga eng ko’p sababchi bo’lgan kasalliklar: ateroskleroz, arterial gipertoniya, surunkali o’pka kasalliklari, oshqozon, jigar kasalliklari, asab va endokrin kasalliklaridir. Qarish jarayonida irsiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Erta qarish yoki uzoq umr ko’rish nasldan naslga o’tishi isbotlangan. Ayollarda qarish jarayonining ancha sekin borishi ham genetik apparat xususiyatlariga, ham ayollarda zararli odatlarning yo’qligi bilan izoxlanadi. Erta qarishga sabab bo’ladigan omillardan biri bo’lgan chekish bemorlarda ateroskleroz, miokard infarkti, arterial gipertoniya kabi kasalliklarni avj oldiradi - Erta qarish - yoshga bog’liq o’zgarishlarning ertaroq paydo bo’lishi, bunda insonning biologik yoshi uning kalendar yoshidan o’zib ketadi. Turli xil kasalliklar, stresslar, neyrogumoral omillar, radioaktiv moddalar bilan nurlanish, qarish jarayonini tezlashtiradi. Masalan, yurak ishemik kasalligi, me'da yarasi, qandli diabet kabi kasalliklarda bemorlarning tashqi qiyofasi o’z yoshiga qaraganda ancha qariroq ko’rinadi. Erta qarish sabablari 2 xil omildan iborat: 1. Endogen omillar. 2. Ekzogen omillar. Endogen omillarga organizmning turli kasalliklari, irsiy omillar, xromosom kasalliklari kiradi. Ekzogen omillarga ruhiy stresslar, gipodinamiya, noto’g’ri ovqatlanish, semirish, zararli odatlar, ekologik muhit ta'siri kiradi. Organizmning erta qarishiga eng ko’p sababchi bo’lgan kasalliklar: ateroskleroz, arterial gipertoniya, surunkali o’pka kasalliklari, oshqozon, jigar kasalliklari, asab va endokrin kasalliklaridir. Qarish jarayonida irsiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Erta qarish yoki uzoq umr ko’rish nasldan naslga o’tishi isbotlangan. Ayollarda qarish jarayonining ancha sekin borishi ham genetik apparat xususiyatlariga, ham ayollarda zararli odatlarning yo’qligi bilan izoxlanadi. Erta qarishga sabab bo’ladigan omillardan biri bo’lgan chekish bemorlarda ateroskleroz, miokard infarkti, arterial gipertoniya kabi kasalliklarni avj oldiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |