"Inson-muhit", "inson-ishlab chiqarish va boshqa tizimlar murakkab ko'p tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikatsiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni tahlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozitsiya qilish) muhimdir.
Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma'noda xavf va uning xavfli turkumlarini. Shuning uchun faoliyatni loyihalashda ma'qul bo'lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan holda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muhimdir.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip, usul va vositalari
Xavfsizlikning umumiy nazarayasi strukturasida prinsiplari va usullari evristik va usulubiy ro’l o’ynaydi hamda o’rganilayotgan fan soha bilan bog’langanligi haqida to’la tushuncha beradi.
Prinsiplarning ahamiyati haqida fransuz filosof-materialisti Gelvetsiy (1715-1771)shunday yozgan: “Ayrim prinsipaplarini bilish ayrim omillarni bilmaslikni yengil to’ldiradi”.
Xavfsizlikni ta'minlash usuli va prinsiplari boshqa umumiy usullardan farq qilgan holda dialektika va logikaga tegishlidir. Prinsiplar va metodlar ma'lum miqdorda o’zaro bog'liqdir. Xavfsizlikni ta'minlash vositalari keng ma'noda konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy bo’lib, usul va prinsiplarni aniq ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Prinsiplar, metodlar va vositalar Xavfsizlikni ta'minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatining aniq sharoitiga, xavf darajasiga, baxosiga va boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq bo’ladi.
Xavfsizlikni ta'minlash o’z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga, ya’ni dastlabki holatlar, g'oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bolish mumkin. Prinsip so’zi lotincha so'zdan olingan bo’lib, boshlanish, g'oya, asos demakdir. Ishlab chiqarishning turi, texnologik jarayonlarning afzalliklari, qo'llaniladigan jihozlarning har xilligi bularning hammasi xavfsizlikni ta'minlash prinsiplarining ko’p xilligiga shartlanadi.
Prinsiplar muhim uslubiy ahamiyatga egadir.
Xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha to'laqonli profilaktik ish ilmiytekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha ishlarida, ishlab chiqarish obyektlarini qayta qurish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.
Prinsiplarning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular bizni o’rab olgan dunyodagi xavflar bo'yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o'z navbatida himoya tadbirlariga va ularni hisoblash usullariga talablar belgilaydi.
Prinsiplarning ahamiyati amaliy jihatidan ham muhimdir: Ular raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab tahlil qilish asosida xavflardan himoyalanishning optimal yechimlarini topishga imkon beradi. Prinsiplarning evristik qiymati shundan iboratki, ular mehnat xavfsizligini boshqarishni tashkil qilishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Xavfsizlikni ta'minlash prinsipini bir-birini to'ldiruvchi element sifatida o’zaro bog’lanishda qarash muhimdir.
Konkret sharoitlarga bog’liq holda bir va boshqa prinsiplar har xil amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo’linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va boshqaruv prinsiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |