Shahar qurilishidagi binolar turlari va topogeodezik loyihalash ishlari.
Shaxar binolari, ularning konstruktiv turlari, shakllari va qavatligiga qarab, quyidagicha klassifikasiya qilinadi:
-konstruksiya turi bo’yicha:
Toshli-g’ishtli;
Monolit (quyma), ko’chma temir beton-sirpanuvchi, ko’chma-blokli va shchitli qoliplar bilan qurilgan;
Katta qolipli, bloklardan qurilgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan;
Katta panelli, barcha panellar, jumladan, devor , ichki va tom qoplamalari (panellari) asosiy tayanch konstruksiyalari hisoblanadi;
Karkasli, asosiy tayanch elementlari - kolonnalar, rigellar va yopiq plitalar hisoblanadi.
Xajmi blokli, bunda barcha bino konstruksiyalari maxsus zavodlarda tayyorlanadi. (xonalar, sanuzellar va boshqalar).
-qavatliligi bo’yicha:
Kam qavatli (1-2 qavat);
O’rta qavatli (3-5 qavat);
Ko’p qavatli (6-12 qavat);
Yuqori qavatli (13-22 qavatli);
Baland qavatli (22 qavatdan ko’p).
-shakliga ko’ra :
Bir seksiyali ( bir podezdli);
Uzaytirilgan (cho’zilgan) 2 seksiyadan ortiq;
Murakkab shaklli – aylanma binolar, burilma tutash binolar, aralash seksiyali.
Qurilishdagi geodezik ishlarni kompleks o’lchash ishlari deb qarash mumkin, bunda qog’ozdagi geometrik qurilmalarni loyihaviy o’lchash , hisoblash va ularni joyga ko’chirishdan iborat bo’lib, bunda binolarning to’g’ri va aniq o’zaro joylashishini, qurilayotgan bino-inshootlarning geometrik o’lchamlari, shakli va ularni xuddi loyihadagiga o’xshashligini hamda aniqliklari – normativ xujjatlardagi qoidalarga mos kelishi ta’minlanishi kerak.
Bino-inshootlarni qurish, montaj qilish jarayonida geodezik ishlar quyidagi tartibda bajariladi:
Qurilish maydoni tanlanadi, ma’lumotlar tanlanib, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi;
Qurilish jarayonini loyihalash: topo-geodezik qidiruv ishlari, geodezik ta’minlash bo’yicha boshqa qidiruv ishlari, qurilish jarayonidagi loyihani ta’minlash uchun qo’shimcha mavjud ma’lumotlarni to’plash;
Qurilish konstruksiyalarini tayyorlash: bino-inshoot shaklini ta’minlovchi qoliplarning geometrik o’lchamlarini tekshirish, qurilish konstruksiyalarining geometrik o’lchamlarini statistik tekshiruvdan o’tkazish (vertikalligi, gorizontalligi va boshqa o’lchamlari);
Qurilish davridagi tayyorgarlik: geodezik rejalashtirish (razbivka), tayanch shaxobchalarini yaratish, xududni muxandisona tayyorlash, inshootning bosh va asosiy o’qlarini joyga ko’chirish;
Qurilish davridagi asosiy jarayon: inshootlarning xajmiy-loyihaviy va konstruktiv elementlari o’qlarni joyga ko’chirish, binoning yer osti va yer usti qismlarini qurish-montaj qilishda geometrik ta’minot, qurilish elementlarining ijroiy syomkasi va ularni xujjatlashtirish;
Qurilishni tugallash: qurilish jarayonidagi bajarilgan geodezik ishlarning natijalari haqida texnik xisobotni tayyorlash va topshirish, ijroviy bosh planni tuzish, maxsus muxandislik plan, profil va qirqimlarni tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |