Muxandislik kommunikatsiyalari syomkasi. Muxandislik kommunikasiya planini tuzish maqsadi, maydon ichida joylashgan injenerli kommunikasiya syomka ishlari yer uchastka yuridik va jismoniy foydalanuvchi shaxslarning qo’shimcha buyurtmasiga asosan bajariladi.
Maydon ichki injenerlik kommunikasiya obyekti syomkasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- yer osti va yer usti injenerlik kommunikatsiyalari;
- unda bo’lgan inshootlar (quduqlar, kameralar, o’tuvchi va o’tib bo’lmaydigan kanallar.
Injenerlik kommunikasiya syomkalar (IPK) SniP talabiga 1.02.07-87 p.p 2.273-2.292 asosan bajariladi [8].
IPK syomka kompleksiga quyidagilar kiradi:
- mavjud bo’lgan syomka (chizmalar) materiallarini yig’ish va analiz qilish;
- quduq ichida joylashgan inshootlarni o’rganish;
-IPK burilish nuqtalarini planga va balandligiga bog’lash va yer osti inshootlarining yuqoriga chiqishini belgilash;
- IPK ni nivelirlash;
- yer yuzasiga chiqish iloji bo’lmagan IPK syomkasi va izlash;
- injenerlik kommunikasiya planini tuzish va ekspluatasiya qiladigan tashkilotlar bilan uning to’liq bajarilganligini kelishish;
Dala ishlari boshlashdan oldin quyidagilar jamlanadi:
- injenerlik kommunikasiya bo’yicha proyekt materiallari;
- proyektda ko’rsatilgan gruntlar haqida ma’lumot;
- proyektda ko’rsatilgan grunt suvlari sathi haqida ma’lumot;
- bajarilgan syomkalar (chizmalar);
- qurilish IPK boshlangan vaqt (yil, kvartal);
Yer osti inshootlari tekshirishlarida o’rganiladi:
- prokladkalar vazifasi;
- ventil turlari (zapor armaturы);
- truba diametri va materiali;
- material va kanal turlari;
- kabellar soni (kanalizasiya kabellari uchun trubalar);
- o’zioqar trubalar suv yo’nalishi;
- quduqlar yo’nalishi;
- binoga kiritilgan yo’nalishlar;
- injenerlik kommunikasiya sxemasi.
Yer osti inshootlari va IPK burilish nuqtalari RTP talabiga asosan, planda ko’rsatilgan chiqish nuqtalari bilan bog’lanadi.
Yer osti inshootlarini nivelirlash quyidagicha:
kabelli setlarda – quduq devori kabellar kesishgan joy yuqorisi va piket tagi (blok) kabel kanalizatsiyasida.
Burilish nuqtalarning joylashishi va boshqa ko’rinmas nuqtalar yer osti inshootlar chuqurligida trubokabeloiskatel asbobi yordamida aniqlanadi.
IPK nuqtalari trubokabeloiskatel bilan to’g’ri tasmali uchastkalarda har 20 m belgilanadi.
Burilish nuqtalarida chuqurlikda joylashgan prokladkalar relyefi keskin burilishda har 50m.da belgilanadi.
Prokladka qo’yilgan chuqurlik trubokabeloiskatel yordamida ikki marta bajariladi. IPK chuqurligida joylashgan farqi natijasi 15%dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Yer osti va yer usti inshootlarida injenerlik kommunikasiya plani quyidagilarni e’tiborga oladi: