Mirzo ulug bek nomidagi



Download 2,22 Mb.
bet88/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bo ‘Igan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o'tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ко‘rib chiqish bilan bog'liq. Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklarning dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham metodologik ahamiyat kasb etadi2.

1Теркина A.B. Инновация как социокультурный феномен. Автореф. дне. на соискание уч. ст. канд.


фил. наук. - М., 2006. -22 с.



  1. Черепанова Н. В. Традиции и новации: социально-философский анализ: Автореф.... канд. филол. наук. -М ., 2007. - С. 13-14.



159

Demak, nazariy va empirik yangiliklar yig‘indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi innovatsiya va novatsiyalaming yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki mantiq va yo'nalishlarga ega bo‘lib, u yangi g‘oya (fikmi) paydo bo‘lishidan undan foydalana boshlanishigacha bo‘lgan jarayon ham ilmiy-ijodiy faoliyat mantig‘ini belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayonining tuzilishi yangilikning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishida o‘zgarib boradi. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyatdagi yangiliklar dinamikasida uning samarasi namoyon bo‘ladi.




Novatsiya yangi ilmiy g'oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o'matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi. Shunday qilib, novatsiya jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi.

Ilmiy ijodning asosiy maqsadi ham olamdagi narsa va hodisalarning rivojlanish qonunlarini aniqlash, ulardan qaysilarini bilish insonlarga tabiat va ijtimoiy jarayonlami boshqarishda zaruriy bilimlami egallash, ulami shaxsiy ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyat odamlaming tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan hukmronlik qilish, noma’lum narsalami kashf etish, ishlab chiqaruvchi kuchlami ko‘paytirish, moddiy va ma’naviy boyliklami yaratishda, eski nazariya va amaliy tajribaga tayanishda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, fan rivojidagi ilmiy-ijodiy faoliyat, innovatsion va novatsion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. Zero, bugungi kunda fan* rivojiga, ilmiy mantiqiy operatsiyalarga g‘oyalar, nazariyalar, qat’iy mulohazalar natijasi sifatida qarash lozim.


Tomas Kun fikricha, «Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg‘or tasavvurlar almashinishi orqali ro‘y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro‘y beruvchi ilmiy inqiloblar orqali, eski paradigmalami yangilarga almashish kabilar o‘zida nafaqat nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi». V.N.Kudryavsev uning fikrini davom ettirib, ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy mulohaza va taxmin



160

darajasini o‘z ichiga qamrab oladi, keyin esa eksperiment yoki ming muhokamasiga e’tibor qaratiladi1, deb ta’kidlaydi.


Bizningcha, T.Kun va V.N.Kudryavsev ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladigan tasodifiy yangiliklarga etarli darajada obyektiv baho bermaganlar, ya’ni ular ilmiy inqiloblami chiziqli tafakkur asosida tahlil qilgan, xolos. Vaholanki, bugungi ilmiy inqilob asosida katta sakrash - chiziqli tafakkurdan nochiziqli tafakkurga, klassik fandan noklassik va postnoklassik fanga o‘tish sodir bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nazariy mulohaza va ilmiy taxminlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Chunki shu kungacha nazariy mulohaza va taxmin yagona ilmiy talablarga bo‘ysunardi va o'ziga xos ilmiy mezonlarga amal qilardi. Postnoklassik fan mahsuli bo‘lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy taxminlar bir necha variantlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etiladi.


To‘g‘ri innovatsiya yoki novatsiya «biror qiziq voqeaga duch kelsang, uni tadqiq qil, qolganiga qo‘l silta» degan aqidaga suyanib qolmay, an’anaviy qarashlarning turli variantlariga e’tibor qaratadi. Zero, insoniyatning ilmiy-ijodiy faoliyati o‘z mohiyati va metodi bo‘yicha ratsional, shuningdek, o‘zining eng g‘aroyib yutuqlarini faqat miyaning xavfli kutilmagan faoliyati orqali ifodalaydi, ya’ni olim innovatsiya yoki novatsiyalar asosida bilimni evristik seleksiya qiladi va saralaydi. Bu muayyan maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi. Keyin bu jarayon qayta takrorlanadi va olimga yangi gorizontlami (ufqlarni) ko'rishga imkon beradi. Buning natijasida, olim miyasida ilg‘or innovatsion g‘oyalar shakllana boshlaydi va kutilmaganda kristallashuvga o‘xshash evristik jarayon ro‘y beradi. Demak, innovatsion ta’sir vositasida olim miyasi muayyan vaqtda o‘zining yangi konsepsiyasining asosiy belgilarini aniqlaydi, matematikada bo‘lgani kabi bu kutilmagan fikr ham maqsadli faoliyat jarayonida emas, balki faoliyatga bog'liq bo‘lmagan vaqtda ham ro‘y beradi, ya’ni olim miyasi kashfiyot bilan band bo‘lmagan paytda sodir boiadi. Bu davrda ijodiy jarayonga his-tuyg‘ular aralashadi. Biroq kutilmagan omadli g‘oyaning kashf qilinishi ifodalanishi ijodiy jarayonning oxiri emas, balki boshi hisoblanadi. Chunki olim o‘z g‘oyalarining to‘g‘riligini asoslashi, oqibatlarini aniqlashi, ulami eksperiment natijalari bilan solishtirishi, barcha


1 Кудрявцев B.H. Свобода научного творчества // Государство и право. -Москва, 2005. -№5.


-С.22 - 28.



161

ehtimoliy imkonlarga javob topishi va nihoyat o‘z kashfiyoti chegaralarini aniqlashi lozim bo‘ladi.


Albatta, ilmiy kashfiyotlarda intuitsiyaning rolini inkor qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fransuz olimi M.Zaar o'zining «Ijod yo‘llari» nomli kitobida, intuitsiya his-tuyg‘ular ham qodir bo‘lmagan narsaga qodirligini asoslash maqsadida «U narsalar borlig‘ini va ulaming yashirin qiymatini (qadrini) qamraydi, zabt etadi»1deb ta’kid-laydi. Intuitsiya dunyoqarash, ilmiy gipotezaga yo‘l ochadi. Ilmiy ijodda tasawur, fantaziya ma’lum rol o‘ynaydi, borliqdagi mavhumlik qismini darrov ko‘rish mumkin bo‘lgan tarzda tasvirlaydi. Ammo tasawur va intuitsiya aqliy chegarada qo‘llaniluvchi, olimlaming ilmiy kashfiyotlar qilishida yordamchi vositalargina bo‘lib qoladi.





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish