mohiyatini, rivojlanish sabablari, shartlari va manbalarini, harakat
mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Tushuntirish odatda tavsiflash bilan chambarchas bog'liq va ilmiy bashoratning negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham tushuntirish deganda umumiy tarzda muayyan hodisani umumlashtirishni tushunish mumkin. Tushuntirish obyektning mohiyatini ochib berish bilan birga, tushuntirishni asoslashda foydalanilgan bilimlarga aniqlik kiritish va ulami rivojlantirishga ham ko‘maklashadi. Xullas, tushuntirish vazifalarini hal qilish ilmiy bilim va uning konseptual apparati rivojlanishining muhim stimulidir.
Ilmiy tushuntirishning deduktiv-nomologik modeli ilmiy bilishning hozirgi metodologiyasida keng qo‘llaniladi. Bu model (sxema) tushuntirilayotgan hodisani ma’lum qonunga bogiaydi - uning asosiy xususiyati ana shunda. Mazkur modelda tushuntirish hodisani qonunlardan keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Bunda muntazam va zarur munosabatlaming nafaqat sababiy, balki funksional, strukturaviy va boshqa turlariga ham qonunlar deb qaraladi. Tushuntirishning
deduktiv-nomologik modeli fandagi real tushuntirish jarayonini emas, balki pirovard natijanigina tavsiflaydi.
Gumanitar, ijtimoiy fanlar sohasida oqilona tushuntirish usuli qo'llaniladi. Oqilona tushuntirishning mohiyati shundan iboratki, ma’lum tarixiy shaxsning qilmishini tushuntirishda tadqiqotchi mazkur subyektning ayni qilmishiga nima turtki berganligini aniqlash va ushbu motivlar nuqtai nazaridan qilmish oqilona bo ‘Iganligini ко ‘rsatib berishga harakat qiladi.
Teleologik yoki intensional tushuntirish harakatning oqilonaligini emas, balki harakat qilayotgan shaxs ko'zlagan maqsadni, tarixiy
400
hodisalar ishtirokchilarining niyatini ко ‘rsatib beradi. Mashhur faylasuf va mantiqchi G.X.fon Vrigt fikriga ko‘ra, teleologik tushuntirish «inson haqidagi fan metodologiyasida uzoq davr etishmagan va qonun orqali tushuntirish modelining haqiqiy muqobili bo‘lib xizmat qiladigan tushuntirish modelidir»1.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, birinchidan, deduktiv-nomologik model (sxema)ga ba’zan tushuntirishning birdan-bir ilmiy shakli deb qaraladi. Vaholanki, bu noto‘g ‘ri (ayniqsa, gumanitar fanlarga tatbiqan). Ikkinchidan, ayrim shaxslarning xulq-atvorini tushuntirishda mazkur modelni qo'llash mumkin emas - bu yerda ratsional va intensional sxemalar amal qiladi.
Ijtimoiy bilishda bu ikkala sxema deduktiv-nomologik tushun-tirishga nisbatan ustun turadi. Deduktiv-nomologik tushuntirish gumanitar fanlarda ham qo‘llaniladi, ammo bu yerda u tabiatshunos-likdagi singari muhim o‘rinni egallamaydi.
Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati. Tushunish va tushuntirish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ammo tushunish tushuntirishni, ya’ni o‘rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog‘-lashni nazarda tutmasligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, tushu nishni tushuntirishga qarama-qarshi qo‘yish, shuningdek, inson bilish faoliyatining har qanday sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi bu ikki tadqiqotlami bir-biridan ajratish mumkin emas.
Ulami farqlab, M.M.Baxtin shunday deb yozgan edi: «Tushun tirishda faqat bir ong, bir subyekt, tushunishda esa - ikki ong, ikki subyekt qatnashadi. Obyektga nisbatan dialogik munosabat bo‘Iishi mumkin emas, shuning uchun ham tushuntirish dialogik jihatlarga ega emas (formal-ritorik jihatdan tashqari). Tushunish har doim ma’lum darajada dialogik xususiyatga ega»2.
Tushuntirish va tushunish (talqin qilish)ning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, Vrigt mazkur tushunchalami farqlagan ma’qul deb ko'rsatadi. Bu farqni u quyidagilarda ko‘radi: «Bu nima?» degan savolga javob berish talqin qilishning natijasidir. Aytaylik, namoyish nima uchun sodir bo‘ldi yoki inqilobga nima «turtki» berdi?, degan savollarga javob berar ekanmiz, biz sodir bo‘layotgan hodisalarni nisbatan tor ma’noda tushuntirishga harakat qilamiz.
1Г.Х. фон. Вригг. Логико-философские исследования. - М.: Наука, 1986. - С. 64.
2 Бахтин М.М. Автор и герой. К философским основам гуманитарных наук. - СПб.: Питер, 2000. - С.306.
Bundan tashqari, bu ikki omil o‘zaro bog‘liq va ma’lum tarzda bir-biriga tayanadi... Bir darajadagi tushuntirish ko‘pincha dalillami yanada yuqori darajada talqin qilishga zamin hozirlaydi1.
Ammo ijtimoiy bilishda, awalambor, uning predmeti xususiyati bilan belgilanuvchi tushunish metodikalari, tabiatshunoslikda esa - tushuntirish metodikalari ustun qo‘yiladi.
Xulosalar. Tushuntirish - insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari obyektiga kirgan narsa va hodisalarning mohiyatini fikr uzatish, o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ulami uyg‘unlashtirgan holda tushunish sari yetaklovchi aqliy faoliyat. Tushuntirish hamkorlik faoliyatida (fikmi izohlovchi - fikmi qabul qiluvchi ishtirokida) individual, trialogik, polilogik shakllarida amalga oshiriladi. 0 ‘zining muddati, ko‘lami, uzatish vositalari, verbal va noverbal nutq turlari ustuvorligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Tajribaviy amaliy matnlar
Tushunish, matn, dialog, germenevtika, germenevtik doira, talqin (interpretatsiya), tushuntirish, ma’no, serma’nolilik, simvol (ramz), allegoriya, intensional tushuntirish, oqilona tushuntirish, tushunti rishning deduktiv-nomologik modeli.
1Г.Х фон. Вригг. Логико-философские исследования. - М.: Наука, 1986.-С . 164.
Do'stlaringiz bilan baham: |