Mirzo ulug bek nomidagi


Po'lat va cho'yan eritish uchun mo'ljallangan konventor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashfqilingan



Download 2,22 Mb.
bet93/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Po'lat va cho'yan eritish uchun mo'ljallangan konventor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashfqilingan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emotsiyalaming roli kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiy-ijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo'rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi, boshqalarga himmat ko'rsatadi yoki xunob bo'ladi, loqayd bo'ladi1. Yaxshi yoki yomon kayfiyatda bo'ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga o'xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo'ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi.


Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha o‘sib chiqishi mumkin. «Innovatsiya» tushunchasining mazmunini yanada teranroq anglash uchun uni «o‘zgarish» tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz.


Xususan, innovatsion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan2.
1 Кудрявцева B.T. Формирование творческих способностей человека: проблемы методологии // Современные проблемы теории творчества. - М., 1992. - С. 41-55.

2 Qarang: La Pierre R. T. Social Change - New York, 1965.





169

Innovatsiyaning turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda S.D.Ilenkova «innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi»1, deb yozadi.


Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ta’rifhing unchalik to‘g‘ri emasligi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, agarda innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar ma’nosida talqin etilsa, u holda, «o‘zgarish» tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada kengroq spektrdagi hodisalami anglatishi mumkin. Ulami ham biz o‘zgarishlar deb atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. Shu ma’noda, o‘zgarish innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum bo‘ladi.


Ayni paytda, innovatsiya va innovatsion faoliyatning asosiy funksiyalaridan biri - o'zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishlar nazarda tutilishi zarur. Bu borada B.Santo: «innovatsiya - bu tashkillashuvning moddiy va nomoddiy elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarish-laridir, ya’ni bunday o'zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi»2 , deb yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o'rinda, I.Bestuj,ev-Ladaning: «yangilikni joriy etish - bu boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi» .


Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va innovatsiya qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb etmasligi mumkin bo'lgan o‘zgarishlami farqlash zarur. Bizningcha, «o‘zgarish» va «yangilik kiritish» tushunchalarining o'zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo'ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik kiritish «o‘zgarish»ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi.


1Инновационный менеджмент/ С. Д. Ильенкова, Л. М. Голхберг, С. Ю. Ягудин и др.; Под ред.


С. Д. Ильенковой - М.: Банки и биржи, Юнити, 1997 - С. 7.


2СантоБ. Инновации как средство экономического развития'. Пер. с веиг. - М., 1990- С . 100.


3 Бесгужев-Лада И. В. Прогнозное обоснование социалных нововедений. - М., 1993 - С. 18.





170

Masalan, X.Bamett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarish jarayonlarining flftosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi1.


A.I.Prigojin fikricha esa, «yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega»2. Shunday qilib, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning /iimonaviy adabiyotlardagi ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi omillami kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni obyektiv-lashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm sifatida ta’kidlash imkonini beradi.


Innovatsiyaning «ixtiro», «kashfiyot» tushunchalari bilan o‘zaro munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili - predmetli-amaliy xarakterini, uning «o‘zgarish» va «yangilik» tushunchalariga tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalgan!igini ochib beradi. Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlami keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon bo‘ladigan subyekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.


Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik-iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha «imtiyozi nafaqat mahsulotlar va tizimlaming yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘laming nisbiy strukturasidan izlanishi kerak boigan o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik innovatsiyalar to‘plami»3ni anglatadi.


Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng mashhur ixtirolari quyidagilar deb belgilangan:






  1. Download 2,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish