Mirzo ulug bek nomidagi


bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini qayta ko'rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir



Download 2,22 Mb.
bet55/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Shubha bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini qayta ko'rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir. Emotsionallik ma’nosida shubha ong aktlarining manbai, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 0 ‘z navbatida, shubha ongning ishonch va umidga o'xshash holatlaridan ancha farq qiladi. Shubhadan farqli ravishda ishonchda yashirin emotsional zo‘riqish mavjuddir. Insonning haddan tashqari manfaatdorlik holatini ifodalar ekan, ishonch insonning biror-bir narsaga, biror kishiga mutlaqo imoni komil bo‘lgani uchun, unda hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydi. Ishonchda bilim elementlari emotsional ongga «payvand-langan», uning strukturalarida shunday «sochilgan»ki, ular bir-biri bilan mutlaqo bogianmagan holatda namoyon bo‘ladi. Ishongan odam ongining zohiri mutlaqo sokin ko‘rinadi, hatto aql ma’nosida ham shunday namoyon bo‘Iadi. Ishonchning emotsionalligi - uning chuqurlik xususiyatidir. Ta’rifiga ko‘ra ishonchda shubha bo‘lmaydi, chunki shubhalanuvchi odam - ishonmaydigan odamdir.


Ijodiy izlanish jarayonida umid fenomeni ongning shunday holatiki,



  1. kelajak obrazi sifatida gavdalanadi2. Umid ishonch bilan mustahkam bogiangan. Umid ongga ishonch bilan birga kiradi. Umid ratsional xarakterga ega, chunki kelajak obrazini yaratishda unda kognitiv omillar ham ishtirok etadi. To‘g‘ri, umid obrazi boigan bunday kelajak obrazi ancha xiralashgan bo‘ladi. Agar umid obrazining shakllanishida bilimlar kam bo‘lsa, bu obraz juda mo‘rt bo‘ladi va hayotning real qiyinchiliklariga urilganda choklari so‘kilib ketadi. Agar umid obrazi ishonchga va uning emotsional - qadriyatli resurslariga tayansa, u insonning yashashiga va hatto eng fojiali hayotiy vaziyatlardan ham chiqib ketishiga yordam beradi.

Ijodkor odam о 'z navbatida fidoyi bo ‘ladi. Ayni shu ma’noda, Erkin A’zam «Ijod - bu o‘zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish, tom ma’noda fidoyilik demakdir»3, deb yozadi. Biroq bunday fidoyilik insonga obro‘-e’tibor keltirishi yoki ba’zi hollarda

1Селигман М. Новая позитивная психология: Научный взгляд на счастье и смысл жизни. Пер. с


англ. - М.: София, 2006. • 368 с.


2 Шаховский В.И. Лингвистическая теория эмоций: Монография. -М.: Гнозис, 2008. -416 с.
3 Erkin A’zam. Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kclajakka e’tibor // Tafakkur jumali, 2009. № 3.

105


qimmatga tushishi ham mumkin. Chunki uning g‘oyalari ko‘p hollarda zamonga sig‘maydi, natijada u zamon bilan kurashadi, millatni, insoniyatni yangi, o‘z zamonasidan yaxshiroq zamonga chaqirib yashaydi va baxtini shunda ko‘radi. To‘g‘ri, u ham badavlat, huzur-halovatda yashashni xohlaydi, lekin unga berilgan iste’dod uni o‘z yo‘liga soladi, inson baxti uchun, inson erki uchun kurashga chaqiradi va u murakkab shaxsga aylanadi.


Ijodkor shaxsining murakkabligi shundaki, unda bir emas, ikkita «men» yashaydi. Birinchisi, tashqaridan qaraganda ko‘zga tashlanadigan, siz bilan bizning oramizda yuradigan, jamiyat qonun-qoidalari, milliy urf-odatlar, oilaviy yoki kasbiy shart-sharoitlar mezonlari bilan, to‘liq bo‘lmasa-da, ma’lum ma’noda o‘lchanadigan va baholanadigan «men». Ikkinchisi, hech qaysi qonun-qoidani tan olmaydigan ichki - botiniy «men», uni yuqoridagi mezonlar bilan oichab, baholab bo‘lmaydi. Birinchi men hamma odamlarga xos. Ikkinchi «men» esa faqat ijodkorda mavjud bo‘ladi. U ko'zga tashlanmagan, lekin his etilgan holda ijod falsafasining ham mohiyatini tashkil qiladi.


Ijodkordagi birinchi va ikkinchi «men»ning o‘zaro kurashida ikkinchisi doimo g‘olib chiqadi. Biroq bu kurashda jamiyat, zamon, siyosiy tuzum tomonidan aralashuv ro‘y berib, birinchi «men» g‘olib bo‘lsa, u holda, vujudga kelgan g‘oya hech qachon yuksak ijod namunasiga aylanmaydi. Mazkur aralashuv, shubhasiz, ijodkoming «ixtiyori» bilan amalga oshadi. Lekin bu ixtiyor hech qachon erkin bo‘lolmaydi; unda qo‘rquv, hadik, ilinj, ruju singari salbiy hissiyotlar talab darajasiga ko'tarilib, erkinlikni ixtiyordan ajratib tashlaydi. Natijada erkinlikdan mahrum bo‘lgan ixtiyor, ya’ni majburiyat ostida yaratilgan g‘oya muallifni ham, idrok etuvchini ham qoniqtirmaydi, haqqoniylikdan yiroq, soxtalik namunasiga aylanadi.





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish