58
Mahmud Koshg‘ariyga borib taqaladi. Alloma qabilalar tilining dialektal
xususiyatlarini yoritib, turkiy tillar dialektologiyasiga poydevor qo‘ygan bo‘lsa,
turkiy qabilalarning joylashish o‘rni ko‘rsatilgan dialektolgoik xaritani yaratish
orqali lingvistik geografiya faniga asos soldi.
Olim fonemalarning yozuvda ifodalanish darajasi,
fonema bilan harf
munosabati, ularning o‘rtasida doimo mutanosiblik bo‘lavermasligi haqida fikr
yuritadi. Jumladan, unlini ifodalash uchun qo‘llaniladigan
U
harflar birikmasi
«qalin-ingichkalik» belgisi bilan farq qiluvchi va so‘z ma’nosini
farqlash uchun
xizmat etadigan bir necha fonemani ifodalashini ko‘rsatadi. Masalan,
«o‘t»
so‘zida
qalinroq talaffuz qilinib,
«devorda va taxtada bo‘lgan teshik»
ma’nosini; yanada
ingichkaroq talaffuz etilib,
«achchiqlik», «o‘t qopchasi»
ma’nosini
ifodalashi,
demak, ular har qaysi ma'noda alohida-alohida leksema ekanligini, leksemalarni
farqlash uchun esa fonema xizmat etayotganini ta’kidlaydi (I, 48).
Yozuvdagi ana shu kamchilikni mavjud harflarga nuqtalar qo‘yish orqali
to‘ldirishga harakat qildi. U turkiy tildagi o‘n sakkizta
harf haqida gapirib, shunday
yozadi: bu asosiy harflardan boshqa talaffuzdagina (yozuvda emas) ifodalanuvchi
yana yettita harf borki, bu tildagi so‘zlar ularsiz yozilmaydi. Bular qattiq talaffuz
qilinadigan ب (p), arabcha ج (j) – “jim” (bu lug‘atda, ya’ni turkchada kam
qo‘llaniladi), ز (z) bilan ش (sh) oralig‘ida talaffuz etiladigan ژ (j); arabcha ف (f);
nuqtali غ (g‘);
(7)
ق (q) bilan ک (k) oralig‘ida talaffuz etiladigan yumshoq ک (g),
kofi g‘unna bilan غ (g‘) oralig‘ida hamda ق bilan ن oralig‘ida
talaffuz etiladigan
ng‘ (ң) dir. Bu harflarni talaffuz qilishda turklardan boshqalar qiynaladilar. Bu
harflar o‘sha [yuqoridagi] harflardek yoziladi, tepasiga nuqta qo‘yilib farqlanadi
(I,22).
Turkiy fonemalar bilan arab yozuvidagi grafemalar o‘rtasida katta
nomutanosiblik
mavjudligi, shuning uchun bu yozuv turkiy tillar fonetik
(fonologik) tizimini to‘g‘ri ifodalay olmasligini ko‘rsatib beradi. Xususan, arab
yozuvida shunday harflar borki, bu harflar faqat arab tiliga xos bo‘lgan
fonemalarni ifodalaydi: hech bir turk qabilasi tilida ث harfi (ni ifodalagan tovush)
yo‘qdir. Itboq harflaridan bo‘lmish ض ص ظ ط harflari (ni ifodalagan tovush) ham
59
turk tilida yo‘qdir. Shuningdek, bo‘g‘iz tovushlari ifodasi bo‘lmish ح ع
ﻫ
harflari
ham turklarda yo‘qdir. ىكْکُا
Do'stlaringiz bilan baham: